» » Namanganda “Temir yo‘llarda xavfsiz kun” tadbirlari o‘tkazilmoqda

Namanganda “Temir yo‘llarda xavfsiz kun” tadbirlari o‘tkazilmoqda


Namangan viloyatida 2018-yil davomida temir yo‘l izlarida 3 marotaba baxtsiz hodisa sodir bo‘lib, buning oqibatida 5 nafar fuqaro hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda “Daryo”ga viloyat IIB Transportda xavfsizlikni ta’minlash boshqarmasi ma’lum qildi.

Joriy yil 5 oyi davomida temir yo‘l kesishmasidan o‘tish qoidalariga rioya qilinmagani tufayli 1 ta YTH sodir etilib, to‘qnashuvda bir nafar fuqaro yengil yaralandi.

Bunday hodisalarni barvaqt oldini olish maqsadida boshqarma xodimlari tomonidan haftaning har chorshanba kuni “Temir yo‘llarda xavfsiz kun” profilaktik tadbiri o‘tkazilib kelinmoqda. Ularda temir yo‘l inshootlarida xavfsizlikni ta’minlash, jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olish, o‘zboshimchalik bilan yaratilgan piyodalar o‘tish joylari hamda noqonuniy qurilma, savdo shoxobchalari, temir yo‘l atrofiga tashlab ketilgan maishiy chiqindilarni bartaraf etishga asosiy e’tibor qaratilmoqda.

Viloyat kesimida temir yo‘l atrofiga yaqin joylashgan xonadonlarda yashovchi fuqarolar, ta’lim muassasalari xodimlari va o‘quvchilari bilan profilaktik suhbatlar o‘tkazildi.

Tashkil etilgan ishchi guruhlari tomonidan temir yo‘l kesishmalarida hamkorlikda tekshiruvlar o‘tkazildi. Tekshiruvlar davomida, jumladan, To‘raqo‘rg‘on—Rouston temir yo‘l bekatlari oralig‘ida joylashgan qo‘riqlanadigan temir yo‘l kesishmalarida banner yo‘qligi aniqlanib, kelgusida uni o‘rnatish yuzasidan mutasaddilarga taklif kiritildi.

Tadbirlar davomida shubha uyg‘otganligi uchun 12 kishi shaxsini aniqlash uchun joylardagi navbatchilik qismlariga keltirildi. Huquqbuzarliklar sodir etgan 13 nafar shaxsga nisbatan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-05-2019, 19:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 94) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют