» » Aholi murojaatlari asosida Toshkentdagi bozorlar atrofidagi yo‘llarda harakat tartibga keltirilmoqda

Aholi murojaatlari asosida Toshkentdagi bozorlar atrofidagi yo‘llarda harakat tartibga keltirilmoqda


“IIBB: xalq bilan muloqot (Toshkent)” guruhiga bir vaqtning o‘zida fuqarolardan poytaxtdagi yirik bozorlar atrofidagi yo‘llardagi harakatni tartibga keltirish bo‘yicha bir nechta murojaatlar kelib tushdi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar berdi.

Ayniqsa noroziliklar “Toshkent ipak yo‘li” (“Abu-Saxiy”), “O‘rikzor”, “Farhod”, “Qo‘yliq”, “Yunusobod” va boshqa bozorlar yaqinidagi harakatlarga taalluqli edi. Odamlar o‘z murojaatlarida, bozordagilar avtomobillarini ikki, hattoki uch qator qilib qoldirishlaridan va ularni deb avtobuslar bekatga yaqinlasha olmasliklaridan norozi bo‘lmoqda. Piyodalar ham piyodalar yo‘lakchasigacha 200—300 metr yurishga erinib yo‘lni xohlagan joylaridan kesib o‘tib, avariyaviy holat keltirib chiqarmoqda.

Shanba, 25-may kunidan boshlab Toshkentning barcha yirik 14 ta bozorlari yaqinida YPX, PPX xodimlaridan va Milliy gavardiya xodimlaridan tashkil topgan qo‘shimcha guruhlar xizmat olib bormoqda.

To‘xtash va to‘xtab turish qoidalarini buzgan haydovchilarga, belgilanmagan joydan yo‘lni kesib o‘tgan piyodalarga, yo‘l chetida va yer osti yo‘laklarda noqonuniy savdo bilan shug‘ullanuvchi shaxslarga nisbatan choralar ko‘rilmoqda. U yerda savdo qiladiganlar tomonidan yo‘lak ifloslantirilishi sababli odamlar yer osti yo‘laklaridan foydalanishni istamaydi.

Bundan tashqari, fuqarolarga quylaylik yaratish maqsadida bir qator takliflar tayyorlanmoqda. Xususan, bozorlar yaqinida ko‘p qavatli avtoturargoh yoki bozorga keladigan avtomobillarni o‘rtacha sonini sig‘dira oladigan to‘lovli turargohlar qurish.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillari patrul olib boradigan kunlarda tartib darajasi oshmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-05-2019, 21:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют