» » Andijonda o‘zbek va qirg‘iz ijodkorlari forumi o‘tkazildi (foto)

Andijonda o‘zbek va qirg‘iz ijodkorlari forumi o‘tkazildi (foto)


Andijon viloyatining Xo‘jaobod tumanida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi va Qirg‘iziston milliy Yozuvchilar soyuzi bilan hamkorlikda “Sharq yulduzi” va “Ala-too” jurnallari ijodiy jamoalari ishtirokida adabiy kecha hamda kitobxonlar forumi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar berdi.

Qirg‘iziston milliy Yozuvchilar soyuzi mas’ul kotibi, Togolok Moldo mukofoti laureati Jildiz Akayeva, uyushmaning O‘sh viloyati bo‘limi raisi, Qirg‘izistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi To‘rabay Joroyev, “O‘sh sadosi” gazetasi bosh muharriri Sohiba Shokirova, shoir va tarjimon Oxun Jo‘ra, yozuvchi va publitsist Begijon Ahmedov, shoir Mamat Ibrayimdan iborat qardosh xalqning ijodkorlaridan iborat delegatsiya vakillari “Do‘stlik” chegarasida tantanali tarzda kutib olindi.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Xalqaro aloqalar va badiiy tarjima bo‘limi bosh mutaxassisi Risolat Haydarova, uyushmaning Andijon viloyati bo‘limi rahbari Xurshida Vahobjon qizi, “Sharq yulduzi” va “Zvezda Vostoka” jurnallari birlashgan tahririyati bosh muharriri, taniqli shoir Sirojiddin Rauf, bosh muharrir o‘rinbosari, taniqli shoir Aziz Said, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Qamchibek Kenja, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Bolalar adabiyoti kengashi raisi Orif To‘xtash va boshqalar hamrohligida Xo‘jaobod tumanida adabiy anjumanlar o‘tkazildi.

Anjuman ishtirokchilari tumandagi musiqa va san’at maktabida tashkil etilgan adabiyot, kitobxonlik, san’at, musiqa va sport yo‘nalishlari bo‘yicha ko‘rgazmalarni, yosh ijodkorlar mushoirasi, maqomchi yosh ijrochilar chiqishlari, yosh rassomlarning ijodiy ishlarini ko‘zdan kechirdi.

Xo‘jaobod tumani hokimligida bo‘lib o‘tgan muzokarada ikki xalqning ijodiy jamoalari o‘rtasida qo‘shma qaror loyihasi tasdiqlandi. Bunga ko‘ra, Shavkat Rahmon, G‘anijon Xolmatov Mug‘anniy, Tursunboy Adashboyev kabi ikki xalqning farzandlari bo‘lgan marhum shoirlarning, kelajak avlodlarning ijod namunalarini keng targ‘ibotiga alohida e’tibor qilinishi, badiiy tarjima asarlarini nashr etish kabi ishlar belgilandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-05-2019, 23:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 95) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют