» » AQShdagi muxojirlar yiliga qancha pul ishlab topadi?

AQShdagi muxojirlar yiliga qancha pul ishlab topadi?


AQSh aholini ro‘yxatga olish byurosi turli davlatlardan kelib Amerikada yashayotgan muxojirlar qancha pul ishlab topishi haqidagi ma’lumotlarni e’lon qildi, deb xabar berdi Forum Daily.

Eng katta maoshni Avstraliyadan kelgan muxojirlar oladi: AQShda ularning soni 93,5 mingga yaqin bo‘lib, yiliga o‘rtacha 88 100 dollar ishlab topadi. Undan keyingi o‘rinda Buyuk Britaniya fuqarolari egallagan — yiliga 81 400 dollar.

Saudiya Arabistoni va Somalidan kelgan muxojirlar eng kam maosh oladi — tegishli ravishda 19 000 va 19 200 dollar.

Isroildan kelgan muxojirlar reytingning yuqori pog‘onalari o‘rin olgan — AQShda 142,9 mingga yaqin yahudiy yashaydi, ularning 50,4 foizi oliy ma’lumotli bo‘lib, yiliga o‘rtacha 63 500 dollar ishlab topadi.

Aksar hollarda Osiyo mamlakatlaridan kelgan muxojirlar ham malakali mutaxassis bo‘lib, ular asosan yuqori maosh to‘lanadigan joylarda ishlaydi.

AQShda eng ko‘p muxojirlar Meksikadan keladi, biroq ularning yillik o‘rtacha daromadi 23 400 dollarga teng.

AQShdagi rossiyalik muxojirlar — 403,7 ming kishi bo‘lib, shundan 62,3 foizi oliy ma’lumotli, o‘rtacha daromadi yiliga 41 000 dollar.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-05-2019, 09:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют