» » Qozog‘istonda uch nafar bola sotilayotgani haqida e’lon internetga joylashtirildi

Qozog‘istonda uch nafar bola sotilayotgani haqida e’lon internetga joylashtirildi


Savdo-sotiqqa mo‘ljallangan saytlardan birida Qozog‘istonning Aktau viloyatida uch nafar bola sotilayotgani haqida e’lon paydo bo‘ldi, deb xabar beradi Tengrinews.

E’longa mahalliy aholidan biri e’tibor qaratgan va bu haqda “Tumba” nashriga ma’lum qilgan. E’londa uch nafar bolakay arzon narxga sotilishi ko‘rsatib o‘tilgan. Biroq undan keyin gap uy haqida ketgan.

Mazkur e’lon 27-may kuni soat 13:18 da mobil telefon orqali joylashtirilgan. Uni joylashtirgan raqam esa o‘chiq.

Huquq-tartibot organi xodimlarining aytishicha, kimdir shu yo‘sinda hazillashgan.

Ta’kidlanishicha, avvalroq shu turdagi e’lonni chimkentlik fuqaro ham joylashtirgan va politsiya darhol uni qidirishga tushgan. Biroq e’lon egasi o‘zining tarmoqdagi akkauntini o‘chirib tashlagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-05-2019, 10:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 79) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют