» » Qashqadaryodan Rossiyaga 100 tonnaga yaqin “Aysberg” salat bargi jo‘natildi

Qashqadaryodan Rossiyaga 100 tonnaga yaqin “Aysberg” salat bargi jo‘natildi


Yakkabog‘ tumanidagi “Sharofat ona Qahramon qizi” agrofirmasi dehqonlari bu yil birinchilardan bo‘lib “Aysberg” salat bargini Rossiyaga eksport qilishni boshlab beridi, bu haqda “Xalq so‘zi” xabar qiladi.

Dastlab issiqxona sharoitida parvarishlanib, 15 gektar maydonda yetishtirilgan “Aysberg” salat ko‘chatlaridan ertachi hosil olindi. Ayni paytda tayyor bo‘lgan hosil maxsus mashinalarga yuklanib, rossiyalik buyurtmachilarga jo‘natilmoqda.

Agrofirma mutaxassisi — agronom Kozimjon Yusupovning ta’kidlashicha mart oyi boshida maxsus ko‘chatxonada o‘stirilgan nihollar ochiq dalaga ko‘chirilib, parvarishlanishi ertachi hosil yetishtirishga asosiy omil bo‘ldi. Hozirgacha 100 tonnadan ortiq “Aysberg” salat bargi yig‘ishtirib olinib, shuning qariyb 80 tonnasi Rossiyadagi ishbilarmon hamkorlarga jo‘natildi. Salat bargi yetishtirilayotgan maydonning har gektaridan 20 tonnagacha hosil olish mo‘ljallanmoqda.

Agrofirmada shuningdek, eksportbop qovun navlari va piyoz yetishtirilmoqda. Piyozning bir qismi Germaniyaga eksport qilinishi kutilayapti.

Ma’lumot uchun aytish mumkinki, agrofirma tomonidan o‘tgan yili ham tashqi bozorga “Aysberg” salat bargidan tashqari ko‘p miqdorda gulkaram, karam kabi sabzavot va poliz mahsulotlari eksport qilingan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-05-2019, 06:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 95) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют