» » Yangi “Afrosiyob” poyezdi Toshkent—Buxoro—Toshkent yo‘nalishida qatnovini boshladi (foto)

Yangi “Afrosiyob” poyezdi Toshkent—Buxoro—Toshkent yo‘nalishida qatnovini boshladi (foto)


O‘zbekistonga olib kelingan yangi “Afrosiyob” elektrpoyezdi Toshkent—Buxoro—Toshkent yo‘nalishida 20-mart, dushanba kuni ilk qatnovini boshladi. Bu haqda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ axborot xizmati xabar bermoqda.

2011-yildan hozirgacha O‘zbekistonda 2 ta yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” yo‘lovchilarga xizmat qilib kelayotgandi. Yangi “Afrosiyob” oldingilariga qaraganda ko‘proq imkoniyatga ega.

Xususan, shu vaqtga qadar harakatlanayotgan elektrpoyezdlar 215 nafar yo‘lovchiga mo‘ljallangan bo‘lsa, yangi poyezdda 287 nafar yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatiladi. Unda ekonom toifali vagonlar soni 2 taga ko‘p. Bu bir vaqtning o‘zida yana qo‘shimcha 72 nafar yo‘lovchini o‘z manziliga yetkazish imkonini beradi. 

Markaziy Osiyoda birinchi bo‘lib O‘zbekistonda yo‘lga qo‘yilgan “Afrosiyob–1” va “Afrosiyob–2” elektrpoyezdlarining har biri bugungi kungacha 1 million kilometrdan oshiq masofani bosib o‘tdi. Bu vaqt oralig‘ida 5,5 mingga yaqin tijorat qatnovi amalga oshirilib, 1 milliondan oshiq yo‘lovchi o‘z manziliga yetkazildi.

Yaqin kunlarda mamlakatga yana bitta ana shunday zamonaviy elektrpoyezd olib kelinadi. Bu bilan O‘zbekistonda yuqori tezlikda harakatlanuvchi poyezdlar soni 4 taga yetadi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (20-03-2017, 14:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 90) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют