» » Chegarasiz tibbiyot. O‘zbekiston aholisi jahon darajasidagi tibbiy yordamni o‘z yurtida olish imkoniyatiga ega bo‘ladi

Chegarasiz tibbiyot. O‘zbekiston aholisi jahon darajasidagi tibbiy yordamni o‘z yurtida olish imkoniyatiga ega bo‘ladi


Ehtimol, respublikamizning har bir fuqarosi mamlakatda taraqqiy etayotgan barcha sohalardagi ijobiy o‘zgarishlarni his etgan bo‘lsa kerak – madaniy tadbirlar faol shakllanib bormoqda, ta’lim darajasi oshmoqda, yuzlab xalqaro bitim va shartnomalar imzolanmoqda. Shu o‘rinda ta’kidlab o‘tish kerakki, yurtimizda tibbiyot va sog‘liqni saqlash sohasida ham izchil ishlar amalga oshirilmoqda. Bunda 2019-yilning may oyida Respublika Onkologiya markazi va Turkiyaning Anadolu Tibbiyot markazi o‘rtasida imzolangan hamkorlikka oid memorandum bu borada erishilgan yani bir katta yutuq bo‘ldi.

Turkiyaning Istambul shahrida joylashgan Anadolu Xalqaro Tibbiyot markazi AQShdagi Jon Xopkins nomidagi universitet klinikasi yordamida tashkil etildi hamda ilg‘or xalqaro standartlar, bilim, tajriba, tibbiy innovatsiyalarga amal qilgan va sog‘lom hayot uchun kurashishga intilgan holda faoliyat amalga oshirib kelmoqda.

Anadolu negizida turli ixtisoslashtirilgan markazlar faoliyat yuritib, ular jumlasiga jahonda eng yirik Suyak iligini transplantatsiya qilish markazi, Onkologiya markazi, EKO markaz, Jarrohlik markazi, Yurak qon-tomir kasalliklari markazi, zamonaviy texnika bilan jihozlangan Tashxis markazi, Neyrojarrohlik markazi va boshqalar kiradi.

Klinika turli xalqaro sertifikat va akkreditatsiyalar bilan mukofotlangan bo‘lib, ular klinikaning jahon standartlari darajasida ishlashini tasdiqlaydi: ESMO (Yevropa tibbiy onkologiya jamiyati), ОЕСI (Yevropa Onkologiya institutlari tashkiloti), JCI (Birlashgan xalqaro komissiya) va Planetree (bemorlarni parvarishlash uchun Oltin sertifikat).

Har yili Anadolu tibbiyot markaziga davolanish uchun jahon bo‘ylab minglab bemorlar qabul qilinadi.

Biroq, klinika shifokorlari faqatgina davolash faoliyati bilan shug‘ullanibgina qolmay, balki jahondagi hamkasblari bilan muloqot yo‘lga qo‘yib, tajriba almashgan holda xalqaro hamkorlikni ham faol rivojlantirib kelmoqda.

Anadolu vakillari hamda Respublika Onkologiya Markazi bosh shifokori Mirzag‘olib Nig‘matovich Tillashayxovning (O‘zR SSV RIIAO va RTM direktori) uchrashuvi shifoxona binosida do‘stona muhitda bo‘lib o‘tdi. Suhbat doirasida taraflar o‘zaro hamkorlik yuzasidan bir qator yo‘nalishlar belgilab olib, ular jumlasiga Anadolu klinikasi negizida shifokorlarimiz uchun tajriba almashinuvi va malaka oshirish kiradi. Shuningdek, Anadolu klinikasi tomonidan shifokorlar, hamshiralar va sog‘liqni saqlash sohasidagi boshqaruvchilar uchun innovatsion o‘quv kurslari va dasturlari tashkil etilgan.

Memorandumning imzolanishi hamkorlikni yanada rivojlanitirish va kengaytirish uchun keng imkoniyatlar ochib beradi.

Anadolu markazi onkologik kasalliklarini davolashning quyidagi ilg‘or usullarida ixtisoslashadi:

— immunnoterapiya va target terapiyasi;

— radioterapiya va radiojarrohlik;

— kasalliklarni kechki bosqichida davolash uchun kimyo terapiyasi;

— radioembolizatsiya va kimyoembolizatsiya;

— Da Vinci robotini qo‘llagan holda robotlashtirilgan jarrohlik;

— yarim mos keladigan donordan suyak iligining galloidentik transplantatsiyasi.

Yaxyo Ziyoyev (O‘zR SSV RIIAO va RTM Xalqaro bo‘limi rahbari):

— O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining onkologiya xizmatini rivojlantirish to‘g‘risidagi qarori doirasida oxirgi 2-3 yil davomida biz ko‘plab xalqaro sheriklarimiz va boshqa davlatlardagi hamkasblarimiz bilan faol hamkorlik qilib kelmoqdamiz. Maqsadimiz tibbiyot darajasini (xususan, onkologiya sohasini) xorijiy sheriklarimiz yordamida jahon darajasigacha rivojlantirishdan iborat. Bemorlarga birgalikda maslahatlar berish, mahorat darslarini o‘tkazish, mutaxassislarimizni yetakchi tibbiyot markazlari negizida o‘qitish, ko‘shma anjumanlar o‘tkazish va shu kabi boshqa tadbirlar hamkorligimizning asosiy yo‘nalishlari hisoblanadi. Shu munosabat bilan biz Anadolu markazi bilan tuzilgan bitimdan g‘oyat mamnunmiz. Hamkorligimiz uzoq muddatli, mustahkam va o‘zaro manfaatli bo‘lishidan umid qilib qolaman!

Go‘zal Keskin, Anadolu markazi Xalqaro bo‘limi shifokori:

— Biz MDH da yetakchi muassasalardan biri hisoblangan Respublika Onkologiya Markazi bilan hamkorlikni boshlash sharafiga muyassar bo‘lganimizdan mamnunmiz. Oxirgi yillar mobaynida O‘zbekistonning sog‘liqni saqlash sohasida ko‘p ijobiy o‘zgarishlar ro‘y berdi, mahalliy tibbiyot faol rivojlanib bormoqda, shu munosabat bilan biz ushbu ijobiy o‘zgarishlarga o‘z hissamizni qo‘shishimizdan xursandmiz. Hamkorligimiz har ikkala taraf uchun samarali bo‘lishidan, ya’ni mutaxassislarimizga tajriba almashishga va “onkologiya” deb nomlangan umumiy dushmanimizga xalqaro darajada qarshi kurashishda birlashishga yordam berishidan umid qilib qolamiz.

Shubhasiz, mazkur memorandum mahalliy sog‘liqni saqlash tizimi uchun yana bir katta qadam hisoblanadi. Muxtasar aytganda, imzonlangan bitim sharofati bilan O‘zbekistonlik bemorlar xorijga chiqmagan holda, o‘z yurtida yuqori sifatli tibbiy yordam olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Biz mazkur hamkorlikka ravnaq va rivoj tilab qolamiz!

Bog‘lanish uchun ma’lumotlar:

Sayt: www.anadolumedicalcenter.ru

E-mail: int.patients@anadolusaglik.org

Facebook

Reklama huquqi asosida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-05-2019, 09:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 57) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют