» » O‘zbekiston ilk bor Ukrainaga kartoshka eksport qilishni boshladi. Bunga piyoz tanqisligi yordam berdi

O‘zbekiston ilk bor Ukrainaga kartoshka eksport qilishni boshladi. Bunga piyoz tanqisligi yordam berdi


O‘zbekiston Ukrainaga ertangi kartoshkani ulgurji eksport qilishni boshladi. Bu haqda “Podrobno.uz” xabar bermoqda.

Mazkur mahsulotlar yaxshi sifatga ega ekanligi va kilogrammi 57—64 sentdan sotilayotgani aytilmoqda.

Ekspertlarga ko‘ra, avvallari Ukrainaga hech qachon o‘zbek kartoshkasi olib kelinmagan, chunki O‘zbekistonning o‘zi kartoshkaning yirik import qiluvchisi hisoblanadi.

Bunga Ukraina va Yevroittifoq davlatlarida piyoz tanqisligi sabab sifatida ko‘rsatilmoqda. Shu sabab Markaziy Osiyo davlatlari, jumladan, O‘zbekistondan ham piyoz keltirildi. Importchilar esa bunga parallel ravishda boshqa mahsulotlarni ham yetkazib berish choralarini qidirgan.

O‘zbekistonda ertangi kartoshka yig‘ishtirib olish mart oyida boshlangani va bu paytda narxlar nisbatan past bo‘lgani aprel-may oylarida piyozga qo‘shib kartoshka ham yetkazib berilishiga olib kelgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-05-2019, 21:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 84) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют