» » Xalifa Xaftarning armiyasi Misrga eng xavfli terrorchini topshirdi

Xalifa Xaftarning armiyasi Misrga eng xavfli terrorchini topshirdi


Liviya milliy armiyasi Qohiraga misrlik eng xavfli terrorchi Xishom Ashmauiyni ekstraditsiya qildi.Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Oldinroq mazkur armiya qo‘mondoni Xalifa Xaftar Misr razvedkasi xizmati rahbar Abbos Kamol bilan uchrashgani ma’lum qilingandi.

LMA harbiy xizmatchilari o‘tgan yil oktabrida vatanida terrorchilik faoliyatiga aloqadorligi tufayli qidiruvga berilgan sobiq harbiy xizmatchi Xishom Ashmauiyni Liviyada qo‘lga olgandi.

Misr OAVlari Ashmauiyni eng xavfli terrorchi deb ataydi. Avval maxsus bo‘linmada xizmat o‘tagan erkak keyinchalik terrorchi guruhlarga qo‘shilgandi. U yirik teraktlar, jumladan, 2017-yil oktabrida Al-Vahat hududida Misr IIB kuchlari otryadiga hujum amalga oshirganlikda gumon qilinadi.

O‘shanda mazkur terakt 16 nafar zobit va askarning umriga zomin bo‘lgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-05-2019, 23:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 66) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют