» » “Ichan-qal’a” muzey-qo‘riqxonasi Moskvadagi xalqaro festivalda ishtirok etadi

“Ichan-qal’a” muzey-qo‘riqxonasi Moskvadagi xalqaro festivalda ishtirok etadi


O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya Federatsiyasining Moskva shahrida bo‘lib o‘tadigan “Intermuzey – 2019” xalqaro festivalida ilk bor “Ichan qal’a” davlat muzey-qo‘riqxonasi o‘zining Smart-muzey dasturi bilan ishtirok etadi.

Mazkur festival 2019-yil 30-may – 2-iyun kunlari Moskva shahrining “Manej” markaziy ko‘rgazmalar zalida o‘tkaziladi. Festival muzey sohasida yilning asosiy tadbirlaridan biridir. “Intermuzey” xalqaro festivali ekspozitsiya qismi, biznes va madaniy dasturlar, shuningdek, ishtirokchi muzeylar o‘rtasida ko‘rik-tanlovlardan iborat.

“Intermuzey – 2019” xalqaro festivalida “Ichan qal’a” davlat muzey-qo‘riqxonasida joriy etilgan Nazzar innovatsion dasturi asosidagi Smart-muzeylarining taqdimoti bo‘lib o‘tadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-05-2019, 05:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 85) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют