» » Shavkat Mirziyoyev Rossiya hukumati raisi Dmitriy Medvedevni qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Rossiya hukumati raisi Dmitriy Medvedevni qabul qildi


30-may kuni Shavkat Mirziyoyev hukumat rahbarlari darajasidagi qo‘shma komissiyaning birinchi majlisida ishtirok etish uchun O‘zbekistonga kelgan Rossiya hukumati raisi Dmitriy Medvedevni qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati ma’lum qildi.

Prezident mehmonni samimiy qutlar ekan, strategik sheriklik va ittifoqchilik ruhidagi ikki tomonlama munosabatlar jadal rivojlanayotgani va izchil mustahkamlanib borayotganini katta mamnuniyat bilan qayd etdi.

Rossiya hukumati raisi, o‘z navbatida, samimiy qabul uchun davlat rahbariga minnatdorlik bildirib, Rossiya prezidenti Vladimir Putinning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

Uchrashuvda oliy darajadagi muntazam va samarali muloqot, Rossiya Prezidentining o‘tgan yil oktyabr oyida mamlakatimizga davlat tashrifi chog‘ida erishilgan kelishuvlarning birgalikda amalga oshirilishi ko‘p qirrali O‘zbekiston—Rossiya aloqalarini kengaytirishga, amaliy hamkorlikni aniq dastur va loyihalar bilan boyitishga xizmat qilgani ta’kidlandi.

Uchrashuvda savdo aloqalari va ishlab chiqarish kooperatsiyasini yanada faol rivojlantirish uchun mamlakatlarimiz hududlarining salohiyatini samarali ro‘yobga chiqarish muhim ekani ta’kidlandi.

Hududlar ma’muriyati va ishbilarmon doiralar darajasida almashinuvlarni faollashtirishga kelishib olindi.

Shuningdek, ilmiy-texnik va gumanitar hamkorlikni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi. Xalqaro ahamiyatga molik masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Bugun Urganch shahrida bo‘lib o‘tadigan qo‘shma komissiya birinchi majlisi bo‘lajak oliy darajadagi uchrashuvlarga tayyorgarlik ko‘rishda muhim bosqich bo‘lishi hamda o‘zaro manfaatli hamkorlikning yangi yo‘nalishlarini belgilab olishga xizmat qilishi qayd etildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar O‘zbekiston bilan Rossiya o‘rtasidagi uzoq muddatli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini har tomonlama rivojlantirish, keng ko‘lamli amaliy hamkorlikni mustahkamlashga tayyor ekani va bu boradagi intilish qat’iyligi ta’kidlandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-05-2019, 14:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 81) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют