» » Ozbekistonda flagman universitetlar tashkil etiladi

Ozbekistonda flagman universitetlar tashkil etiladi


Ozbekiston Prezidenti oliy talimni rivojlantirish yolida 2030 yilgacha bolgan muddatni oz ichiga qamrab oluvchi yangi Konsepsiyani ishlab chiqishga doir topshiriq berdi, deb yozadi Kun.uz.

Konsepsiyada belgilangan yonalishlarga kora, Ozbekistonda flagman universitetlar tashkil etiladi, bolajak ilm-fan vakillari orasidan ziyolilar qatlami shakllantiriladi va E-Minbar tizimi orqali har bir mashgulotni onlayn kuzatish imkoni paydo boladi.

Ozbekistonda flagman darajadagi universitetlarni tashkil etish, masalan, Milliy universitet, Politexnika universiteti yoki Samarqand universitetini jahon reytinglariga kiritishga oid aniq topshiriq berildi. Shu bilan birga, universitetlar oz-ozini boshqarishda ularga koproq mustaqillik va yangi imkoniyatlar berish vazifasi ham topshirildi. Hozir butun dunyoda Universitet 3:0 degan yangi shakl ommalashmoqda, yani bu OTMlarda nafaqat talim berish, balki ularning qoshida tadqiqot institutlari, texnoparklar, katta laboratoriyalar va muzeylar tashkil etishni kozda tutadi. Ozbekistondagi oliygohlarini ham shunday yangi shaklga otkazishga doir vazifa qoyildi, - dedi Abduhakimov.

Bundan tashqari, Prezident oliy talim sifatini oshirishga oid topshiriqlar ham bergan. Bu orinda E-Minbar, yani har bir auditoriyada bolib otayotgan mashgulotni togridan-togri onlayn tarzda tarqatish tizimini tashkil etish taklif qilingan. Bu oliy talim tizimida bolmagan yoshlar ham ushbu onlayn-kurslarda ozlariga kerakli bilimlarni olish imkoniga ega bolishadi. Shu bilan birga, talim sifatiga baho berish imkoni ham paydo boladi.

Vazirlar Mahkamasi yuqoridagi topshiriqlarni inobatga olgan holda, uch oy muddatda Ozbekiston Respublikasi oliy talim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasini ishlab chiqib, taqdim etadi.

Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Oliy talim vazirligi pedagog kadrlarning uzluksiz malakasini oshirish va ularni tabaqalashtirgan holda ragbatlantirish tizimini joriy etish boyicha bir oy muddatda aniq takliflarni kiritadi.

Bosh vazir orinbosari Aziz Abduhakimov va Oliy talim vaziri Inom Majidov har bir rektor bilan aniq va mukammal rejalar tuzishni yolga qoyadi. Bu rejalarda 2019-yilda nima bolishi, 2020-yilda qanday aniq chora-tadbirlar amalga oshirilishi qayd etiladi.

Aziz Abduhakimov bundan buyon ikki asosiy masala bilan shugullanadi:

Akademik olimlar, professor oqituvchilarning ijtimoiy himoyasi;

Talabalarga shart-sharoit yaratish va ular orasidan bolajak ilm-fan vakillarini seleksiya qilib, mamlakatda ziyolilar qatlamini shakllantirish.

Bu borada Yoshlarni ilm-fan sohasiga jalb qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari togrisidagi qaror loyihasi tayyorlandi.

Shuningdek, topshiriqlarni ijro etishda Bosh vazir orinbosarining BAAga safari doirasida orttirgan tajribasi va mavjud imkoniyatlarni qollash tavsiya etildi.

Bosh vazir orinbosarining malum qilishicha, oliy talim tizimida tort doimiy komissiya ish boshlaydi. Birinchi komissiya ilmiy-tadqiqot muassasalari faoliyati tahlili bilan shugullanib, ularning muammolarini hal qilishda amaliy yordam korsatadi. Ikkinchi komissiya oliy talim muassasalaridagi oquv jarayoni va talim sifatini tahlil qilib, baho beradi. Uchinchisi manaviy-marifiy ishlar tahlili va oliy talim muassasalarida Prezidentning besh tashabbusini amalga oshirish bilan shugullanadi. Tortinchi komissiya oldiga esa xorijda oliy talim va ilm-fan sohasida sezilarli muvaffaqiyatlarga erishgan yurtdoshlarimizni jalb qilish vazifasi qoyiladi.



Manba: Daryo.uz
: admin (30-05-2019, 15:44)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 26) ( 0) ( 24) ( 2)
:
-
:
20 ... -