» » Sherzod Shermatov: O‘zbekistonda nodavlat universitetlar ochilishiga imkoniyat yaratish zarur

Sherzod Shermatov: O‘zbekistonda nodavlat universitetlar ochilishiga imkoniyat yaratish zarur


O‘zbekistonda mahalliy nodavlat universitetlar ochilishiga imkoniyat yaratish zarur. Innovatsion rivojlanish vazirining o‘rinbosari Sherzod Shermatov Facebook’dagi sahifasida shunday fikr bildirdi.

Shermatovga ko‘ra, 1990-yilga nisbatan deyarli barcha davlatlarda oliy ta’lim bilan qamrov darajasi oshgan, O‘zbekistonda esa bu ko‘rsatkich pasayib, hozirgi vaqtda 9 foiz atrofida tashkil etadi, ya’ni dunyoda 117-o‘rin.

Bu esa Global innovatsion indeksdagi O‘zbekistonning o‘rniga juda salbiy ta’sir qiladi. Bunday holatning sababi: aholi soni oshib borgan, lekin oliy ta’limga qabul kvotalari ushbu davr davomida deyarli ortmagan. Faqat yangi ochilgan chet el universitetlari hisobidan qabul soni ko‘paygan.

Bu masalaning muhimligini yana quyidagilar ko‘rsatadi:

Prezident tomonidan jamiyatimiz rivojida xususiy sektorga keng imkoniyat yaratish ustuvor vazifa qilib belgilangan ekan, xususiy sektor nafaqat boshlang‘ich va maktab ta’limida, balki oliy ta’limga ham kirib kelishiga imkoniyat yaratilishi kerak;

Dunyodagi eng yuqori reytingga ega universitetlar aynan nodavlat universitetlaridir. Ular o‘zining obro‘sini oshirish uchun sifatli bitiruvchi chiqarishga harakat qiladi;

O‘zbekistondagi xorijiy universitetlar filiallarining ham ko‘pchiligi nodavlat universitetlardir;

Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘yicha inspeksiya tuzilishi ham bu yo‘nalishda o‘ziga xos qadam, ya’ni “diplom sotish” bilan shug‘ullanadigan universitetlar faoliyatiga yo‘l qo‘yilmasligini nazorat qila oladi;

Nodavlat universitetlar ko‘payishi bilan raqobat kuchayishi natijasida ular ta’lim sifatiga alohida e’tibor beradigan bo‘ladi;

Nodavlat universitetlari sifatni oshirish uchun yaxshi o‘qituvchilarni jalb qilishga harakat qiladi, bu esa ularning maoshlari hamda sharoitlarini yaxshilashga, hatto chet elda faoliyat yuritayotgan yuqori malakali professorlarni ham mamlakatga qaytarishga imkoniyat yaratadi;

Ish beruvchilar ham diplomdan ko‘ra aynan nomzodning bilim va ko‘nikmalariga ko‘proq e’tibor qaratayapti, shuning uchun xususiy universitetlarga kirgan talabalar o‘zlarini ustida ko‘proq ishlashga harakat qiladi. Ularni ba’zi davlat universitetlaridagi kabi hech kim “majburlab” o‘qitishi shart emas;

O‘zbekistonda eng ko‘p resurs bu aynan inson resursidir, shuning uchun ushbu resursdan imkoni boricha yaxshiroq foydalanilsa mamlakat iqtisodiyoti yanada yaxshiroq rivojlanadi. Inson resursi ko‘proq qo‘shimcha qiymat keltirishi uchun esa ta’limni kuchaytirish kerak. Xususiy sektor esa davlat sektoridan ko‘ra doimo sifatliroq ishlaydi. Shuning uchun ham nodavlat universitetlari ochilishiga imkoniyat yaratish zarur;

Mahalliy tadbirkorlar orasida nodavlat universiteti ochishga sarmoya kiritish niyatida bo‘lganlar ham anchagina. Bu ularning bizneslari rivoji uchun ham yuqori malakali mutaxassis yetishtirishga ham xizmat qiladi. “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yilida” bunday imkoniyat yaratilishi mamlakat rivoji uchun o‘ziga xos sovg‘a bo‘ladi.

Vazir o‘rinbosariga ko‘ra, bu masalada “Mening fikrim” portaliga petitsiya ko‘rinishida taklif kiritgan, biroq taklif moderator tomonidan rad etilgan. Aslida bu rad etish qoidalariga to‘g‘ri kelmaydi. Davlat dasturini ko‘rsatilgan bandida ham boshqa topshiriq berilgan.

Sherzod Shermatov “Ta’lim to‘g‘risida” gi qonunda nodavlat universitetlar masalasi o‘rin olishidan umidvorligini bildirgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-05-2018, 15:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют