» » Sherzod Shermatov: Davlat boshqaruviga yuqori malakali mutaxassislarni jalb qila oladigan darajada imkoniyat yaratishimiz zarur

Sherzod Shermatov: Davlat boshqaruviga yuqori malakali mutaxassislarni jalb qila oladigan darajada imkoniyat yaratishimiz zarur


Global innovatsion indeksda (121-o‘rin) O‘zbekistonni orqaga tortayotgan asosiy muammolarni sanab o‘tgan Innovatsion rivojlanish vaziri o‘rinbosari Sherzod Shermatov Facebook’dagi navbatdagi postida ularni birma-bir tahlil qildi.

Shermatov fikrlariga ko‘ra, eng birinchilardan bu “qonunchilik sifati” (Regulatory quality, 139-o‘rin) va “qonunchilik ijrosi” (Rule of law, 133-o‘rin) ko‘rsatkichlaridagi O‘zbekistonning o‘rni. Bu indikatorlar Jahon banki tomonidan tayyorlanadigan World Governance Indicators hisobotidan olinadi.

Bu ikkala indikator ham ushbu davlatlarda faoliyat yurituvchi korxonalar va ekspertlar orasida so‘rov o‘tkazish orqali aniqlanadi. “Qonunchilik sifati” indikatori davlatning xususiy sektor rivoji uchun qulay bo‘lgan qonunchilikni joriy qilish qobiliyatini, “qonunchilik ijrosi” indikatori esa davlatning huquqni muhofaza qiluvchi hamda sud organlari tomonidan xususiy mulk himoyasi, xususiy sektor huquqlari himoyasi, jinoyatchilikni oldini olish bo‘yicha qobiliyatlarini baholaydi.

“Bu indikatorlarga o‘zimiz beradigan ma’lumotlar emas, aynan O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan korxonalar va sarmoyadorlar fikrlari ko‘proq rol o‘ynashi muhimligiga e’tibor qaratish zarur. Ya’ni, bu reytinglarda osonlikcha qandaydir chiroyli raqam berib ko‘tarilish mumkin emas, balki ushbu sohalardagi haqiqiy o‘zgarishlarni o‘sha sarmoyadorlar va ekspertlar o‘z tajribalarida sezishlari kerak bo‘ladi. Qog‘ozda qonunchilik chiroyli bo‘lsa-da, amalda uni ijrosi umuman boshqacha bo‘ladigan bo‘lsa, bu kabi ko‘rsatkichlarni tuzatish juda qiyin bo‘ladi. Bu esa o‘z navbatida nafaqat innovatsiyalar reytingiga, balki davlatning umumiy sarmoyadorlar uchun jozibadorligiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi”, — deya yozadi vazir o‘rinbosari.

Ilovadagi dunyo xaritasida bu ikkala ko‘rsatkich ham aynan iqtisodiyoti rivojlangan va innovatsiyalar muhiti yaxshi yaratilgan davlatlarda yaxshiroq ekanligini, ya’ni o‘zaro aniq bog‘liqlikni ko‘rsatib turibdi.

Keyingi rasmda misol sifatida qo‘shni davlat bilan ushbu 2 ta indikatorni solishtirilishini ko‘rsa bo‘ladi.

“Ushbu yo‘nalishda haqiqiy o‘zgarishlarga erishish uchun davlat boshqaruviga yuqori malakali mutaxassislarni jalb qila oladigan darajada imkoniyat yaratishimiz zarur, chunki aynan ular qonunchilikni yaratish va ijro etish bilan bevosita shug‘ullanadi. Bu borada Singapur juda yaxshi o‘rnak bo‘la oladi. Davlat boshqaruvi samarasini oshirish va korrupsiyani kamaytirish uchun davlat xizmatchilari sharoiti xususiy sektornikidan yuqori darajada qilib belgilangan (masalan, vazirning yillik oladigan maoshi o‘sha sohadagi eng yirik xususiy korxona rahbarinikidan yuqori).

Bizda esa eski tuzumdan sarqitlar haligacha saqlanib qolgan, ya’ni “zavskladga hali oylik ham beradimi...” degan anekdotdagidek. Davlat xizmatchisining maosh va sharoitidan iqtisod qilishga harakat qilingandan keyin u o‘z vakolatini suiste’mol qilish orqali o‘ziga sharoit yaratishga o‘tsa (masalan, qonunchilikni o‘ziga mos qilib yozib yoki talqin qilib), buning natijasida unga berilishi mumkin bo‘lgan maoshdan ko‘ra iqtisodiyotga yuzlab barobar ko‘proq zarar tegishi mumkinligini ular allaqachon tushunib yetgan”, — deydi Sherzod Shermatov.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-03-2018, 18:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют