» » Xitoyda dunyodagi eng tezyurar poyezd ishga tushirildi (video)

Xitoyda dunyodagi eng tezyurar poyezd ishga tushirildi (video)


Xitoyning CRRC korporatsiyasi soatiga 600 kilometr tezlikda yuradigan magnit yostiqli maglev poyezdlari prototipini namoyish etdi. Bu haqda “Kak Tak To” xabar berdi.

Bu ko‘rsatkich ushbu tarkibga kiruvchi poyezdlarning eng tezi hisoblanadi.

Maglev — yo‘l ustida elektromagnit maydon yordamida turadigan poyezd. Harakatlanayotganda relsga tegmaydi. Aerodinamik qarshilik hisobiga to‘xtaydi. Maglev prototipi CRRC tomonidan Xitoyning Sindao shahrida qurildi. Yaqin vaqtlarda poyezd sinovdan o‘tkaziladi. Foydalanishga esa 2021-yil topshirilish rejalashtirilgan.

Eng tez maglev hozirda Shanxayda Pudun aeroportidan Lunyan metro bekatiga boradi. Soatiga 431 kilometr tezlik bilan harakatlanuvchi poyezd 30 kilometrli bu masofani 7 daqiqada bosib o‘tadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-05-2019, 17:59)
+1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 115) ( 0) ( 112) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют