» » Rossiyaning “Novaport” kompaniyasi O‘zbekiston aeroportlarini modernizatsiya qiladi

Rossiyaning “Novaport” kompaniyasi O‘zbekiston aeroportlarini modernizatsiya qiladi


Rossiyaga qarashli “Novaport” kompaniyasi O‘zbekistonning Samarqand, Namangan va Urganch aeroportlarini modernizatsiya qilish bo‘yicha shartnoma imzoladi. Bu haqda Spot xabar berdi.

“Novaport” Uzbekistan Airways’ga tegishli bo‘lgan yuqoridagi uch aeroportni modernizatsiya qilish va rivojlantirish bilan shug‘ullanadi.

Qayd etilishicha, holding kapitalda ishtirok etish uchun da’vogar emas: gap konsessiya haqida ketmoqda: “Konsalting kompaniyalari shartlarni ishlab chiqish uchun jalb qilinadi, ish to‘rt oy davom etadi”. Holding na investitsiyalar hajmini, na o‘zgarishlar ko‘lamini oshkor qilmagan.

Samarqand aeroporti birinchi navbatda rekonstruksiya qilinishi kerak: 2022-yilda shahar Shanxay hamkorlik tashkiloti sammitini qabul qiladi. Namangan va Urganch aeroportlarini modernizatsiya qilish uchun ko‘proq vaqt ajratildi: taxminan besh yil.

Ta’kidlash joizki, “Novaport” kompaniyasi Rossiyadagi 16 ta aeroportni boshqaradi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-05-2019, 13:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 71) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют