» » PSJ Kavanini sotishga tayyor

PSJ Kavanini sotishga tayyor


PSJ urugvalik hujumchi Edinson Kavanini sotishga tayyor. Bu haqda MSN France xabar berdi.

Unga Madridning “Atletiko” klubi qiziqish bildirmoqda. Parij klubi hujumchining transferidan 50 million yevro ishlab olmoqchi. Futbolchining o‘zi ispan klubiga o‘tishga rozilik bergan. Agarda Kavani Parijni tark etadigan bo‘lsa, PSJ “Lill” vingeri Nikolya Pepeni sotib olishga harakat qiladi. “Lill” o‘yinchi uchun parijliklardan 70 million yevro talab qilmoqda.

Ma’lumot uchun, 32 yoshli futbolchi yakunlangan mavsum Fransiya chempionatida 21 ta uchrashuvda maydonga tushib, 15 ta gol urdi (4 tasi penaltidan) va 5 ta golli pas berdi.

Eslatib o‘tamiz, Kavani 2013-yilda PSJga “Napoli”dan 64,5 million yevro evaziga kelib qo‘shilgandi. Uning klub bilan tuzgan shartnomasi 2020-yilning yoziga qadar amal qiladi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-06-2019, 14:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют