» » Toshkentlik ayol MIB xodimiga shapaloq tortib, keyin unga tuhmat qildi (video)

Toshkentlik ayol MIB xodimiga shapaloq tortib, keyin unga tuhmat qildi (video)


Majburiy ijro byurosi Yunusobod tuman bo‘limi ish yurituvidagi fuqaroni uydan ko‘chirish haqidagi sud qarorining ijrosi jarayonida davlat ijrochisiga nisbatan qo‘l ko‘tarilgan. Bu haqda “Xalq so‘zi” xabar berdi.

Tegishli uy eshigi xolislar va undiruvchining vakili tomonidan ochilib, xatlov o‘tkazilganda, xonadonga ijro harakatlariga aloqasi bo‘lmagan Z. D. kirib keladi. U to‘g‘ri kelib, uy xonalaridan biriga kirib, tumbochkadan oq rangli polietilen paketdagi narsani olib chiqib ketishga harakat qilgan.

Davlat ijrochilari undan kimligi va nima maqsadda uyga kelganligi so‘ralgan vaqtida u qo‘lidagi paketda pul borligi, ular o‘ziga tegishli ekanini bildiradi.

Davlat ijrochilar tomonidan Z.D. to‘xtatilib, qo‘lidagi paket xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilgan vaqtida, unda 5.600.000 so‘m miqdorida pul, 952 AQSh dollari, 20 Tojikiston somoniysi, 10 yevro, 2 Cingapur dollari, fuqaro J. F. nomiga berilgan Viza kartasi borligi aniqlandi.

Davlat ijrochilari tomonidan ushbu pul mablag‘larni olib ketishga asos yo‘qligini tushuntirib, pul mablag‘larini topshirishni ma’lum qilgan.

Shundan so‘ng, Z.T. va uning turmush o‘rtog‘i davlat ijrochilariga sud qarorini bajarishda qarshilik ko‘rsatib, ularning qonuniy talablariga bo‘ysunmasdan nizoli pul mablag‘larini olib chiqib ketishga harakat qilib, davlat ijrochilariga qarshilik ko‘rsatish jarayonida davlat ijrochisi B.M.Eshonqulovni yuziga shapaloq tortadi. So‘ng go‘yoki yuziga davlat ijrochisi urgani haqida ayblab, ochiqdan ochiq tuhmat qilishga o‘tadi.

Mazkur holat yuzasidan to‘plangan hujjatlar Yunusobod tuman IIB tomonidan rasmiylashtirilib, tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-06-2019, 16:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют