» » Shahnoza Mirziyoyeva Suriyadan qaytib kelgan ayollar bilan uchrashdi

Shahnoza Mirziyoyeva Suriyadan qaytib kelgan ayollar bilan uchrashdi


1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni Maktabgacha ta’lim vazirligi Suriyadan qaytgan bolalar va ayollar uchun bayram uyushtirib berdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati ma’lum qildi.

Toshkent viloyatidagi sanatoriyalardan birida bo‘lib o‘tgan tadbirda Maktabgacha ta’lim vaziri Agrippina Shin hamda Maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatini tashkil etish va strategik rivojlantirish bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Shahnoza Mirziyoyeva ishtirok etdi.

Shahnoza Mirziyoyeva qaytib kelgan ayollar bilan suhbatlashar ekan, ularning boshdan kechirgan voqealarini tingladi va savollariga javob berdi.

“Har bir bola, uning qayerda tug‘ilganligidan qat’iy nazar, davlat himoyasi ostida bo‘ladi, onalari esa psixologik va ijtimoiy yordam bilan ta’minlanadi”, — dedi Shahnoza Mirziyoyeva.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-06-2019, 10:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 98) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют