» » Qorako‘lda yoshlar o‘rtasida ikki kun davom etgan janjal qotillik bilan yakun topdi

Qorako‘lda yoshlar o‘rtasida ikki kun davom etgan janjal qotillik bilan yakun topdi


Qorako‘lda bir guruh yoshlar tomonidan ikki kun davom etgan bezorilik harakatlari yosh yigitning o‘ldirilishi bilan yakun topgan va qotilga nisbatan 10 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosi qo‘llanilgan. Bu haqda Jinoyat ishlari bo‘yicha Qorako‘l tuman sudi raisi Jalol Sadirov ma’lum qildi.

Qorako‘l tumani fuqarolari 1991-yilda tug‘ilgan Asror Iskandarov hamda 1997-yilda tug‘ilgan Botir Jumayevlar Navoiy shahridan mehmon bo‘lib kelgan Mohir Tolibov va uning qorako‘llik do‘sti Azizbek Bahodirov bilan tuman markazidagi kafelardan birida tamaddi qilgan. Arzimas sabab bilan chiqqan janjal oqibatida yigitlar o‘rtasida to‘polon boshlangan. Bir-birini behayo so‘zlar bilan haqoratlagan, do‘pposlagan. Ertasi kuni janjalga qorako‘llik Ozod Muzaffarov, Shavkat Rahimov va Ulug‘bek Ahmedov kabi yoshlar ham aralashgan. Bezorilik harakatlarini avj oldirishgan va tarqalishgan.

Biroq ikkinchi kun kech tushgach, Mohir Tolibov, Azizbek Bahodirov, Ozod Muzaffarov, Shavkat Rahimov hamda Ulug‘bek Ahmedovlar orani ochiq qilish maqsadida tengqurlari Asror Iskandarovning xonadoniga kelgan. Asror Iskandarov ular bilan darvoza oldida yana do‘pposlashib, janjal ko‘targan. Janjal chog‘ida Asror zudlik bilan yashash uyidan mol so‘yishga mo‘ljallangan o‘tkir tig‘li pichoqni olib chiqqan va qarshisidan chiqqan Ulug‘bek Ahmedovning inson hayoti uchun muhim bo‘lgan chap o‘pka sohasidan pichoqlab, uni qasddan o‘ldirgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Qorako‘l tuman sudi tomonidan Asror Iskandarov Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi (qasddan odam o‘ldirish) hamda Jinoyat Kodeksining 277-moddasi (bezorilik) bilan aybli, deb topilgan. Unga nisbatan uzil-kesil 10 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi qo‘llanilgan.

Shuningdek, Botir Jumayev, Mohir Tolibov, Azizbek Bahodirov, Ozod Muzaffarov hamda Shavkat Rahimovlar Jinoyat Kodeksining 277-moddasi (bezorilik) bilan ayblangan. Ularning har biri 3 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosiga hukm etilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-06-2019, 15:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют