» » Farg‘onada haj va umraga jo‘natishni va’da qilib, 10 kishini 300 mln so‘mga tushirgan firma rahbari 8 yilga qamaldi

Farg‘onada haj va umraga jo‘natishni va’da qilib, 10 kishini 300 mln so‘mga tushirgan firma rahbari 8 yilga qamaldi


Farg‘onada haj va umra ziyoratiga jo‘natishni va’da qilib, 10 nafar fuqaroni salkam 300 million so‘mga chuv tushirgan sayyohlik firmasi rahbarining kirdikorlari fosh etildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Bag‘dod tumanidagi “UMID SAYYOX” mas’uliyati cheklangan jamiyati shaklidagi sayyohlik firmasining rahbari H.Nishonov shunday ishga qo‘l urdi.

U 2015-yilda mazkur sayyohlik firmasini tashkil etgan bo‘lib, talabgorlarni mamlakatning tarixiy joylariga sayohatini tashkil qilish ishlari bilan shug‘ullanib kelardi. Asta-sekin bu borada tajribasi ortib, yurtdoshlarni haj va umra ziyoratiga yuborish harakatini ham boshlab yubordi. Ammo bu borada H.Nishonovning niyati umuman boshqa edi.

U haj va umra ziyoratiga borish istagidagi fuqarolarni jalb qilish maqsadida tuman markazidagi aholi gavjum joylarda o‘zining reklama va e’lonlarini o‘rnatdi. Saudiya Arabistoniga haj va umra ziyoratiga borish istagida bo‘lgan fuqarolarga “O‘zbekturizm” milliy kompaniyasi orqali yuborishini ma’lum qildi. Qarabsizki, oradan ko‘p o‘tmay ofisining eshigini taqillatib keluvchilar paydo bo‘ldi.

Hajga borishni niyat qilib yurgan fuqaro M.Usmonov ham firibgarning tuzog‘iga tushdi. H.Nishonov uni sayyohlik firmasi orqali umra ziyoratiga yuborishiga ishontirib, dastlab 14 million so‘m, keyin 21 million so‘m pulini qo‘lga kiritdi. Ziyorat tadorigini boshlab yuborgan M.Usmonov firibgarning qo‘liga tushganini o‘ylab ham ko‘rmagandi.

H.Nishonov qarasa, muqaddas ziyoratga boruvchilar anchagina, tayyorgina mo‘may daromad. Uning fuqarolarni Saudiya Arabistoniga ziyoratga yuborayotganidan A.Qodirov ham xabar topadi. H.Nishonov oldiga kelib, turmush o‘rtog‘i bilan umraga borish niyatida ekanligini aytganda, ularni ham avrab, va’dani quyuq qildi. Chol-kampirni ziyoratga yuborish uchun to‘lov sifatida 28 million so‘mni qo‘lga kiritib, yana eski nayrangini qo‘lladi. Ya’ni umra masalasi hal bo‘lmaganini aytib, poytaxt orqali hajga yuborishni va’da qildi va ularni yana 42 million, jami bo‘lib 70 million so‘mga chuv tushirdi.

Umuman olganda, H.Nishonov haj va umra ziyoratiga yuboraman deb, 10 nafar fuqaroning qariyb 300 million so‘m mablag‘ini o‘zlashtirib, shaxsiy ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgan.

Shuningdek, H.Nishonov ijaraga Isuzu rusumli avtobus haydab yurgan fuqaroni ham aldadi. Gap shundaki, u haydovchi R.Qodirovning ishonchiga kirib, agar o‘zining sayyohlik firmasi orqali fuqarolarni Samarqand, Buxoro va Xiva shaharlariga olib borib kelsa, har bir sayyoh uchun ma’lum haq berishini aytdi. O‘tgan yilning iyun-avgust oylarida R.Qodirov 3 marotaba sayyohlarni sayohatga olib borib keldi. Hisob-kitob vaqti kelganda esa tutqich bermay, haydovchini 4 million 300 ming so‘mga tushirdi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Bag‘dod tuman sudida H.Nishonovning jinoyat ishi ko‘rib chiqilib, unga 8 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Shu bilan birga, unga jabrlanuvchilarga yetkazilgan zararni to‘lash majburiyati ham yuklatildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-06-2019, 19:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 79) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют