» » AQSh davlat kotibi: Rossiya Donbassda urib tushirilgan MH17 reysi uchun javob berishi kerak

AQSh davlat kotibi: Rossiya Donbassda urib tushirilgan MH17 reysi uchun javob berishi kerak


AQSh Malayziyaning MH17 avialiniyasiga tegishli fuqarolik samolyotining urib tushirilishi bo‘yicha ishlarga hamon Rossiyani javobgarlikka tortishga urinmoqda. Bu haqda AQSh davlat kotibi Maykl Pompeo Niderlandiyaga tashrifi davomida ma’lum qildi.

“Bizda ushbu masalani tashqi ishlar vaziri bilan muhokama qilish imkoni paydo bo‘ldi, shuningdek, noxush hodisaga javobgar sifatida Rossiyani jalb etish uchun qo‘limizdan kelgan barcha narsani qiladigan bo‘ldik. Niderlandiyaliklar AQSh kelajakda ularni qo‘llab-quvvatlashiga ishonishlari mumkin”, — deydi Pompeo.

Eslatib o‘tamiz, 2014-yilning 17-iyulida Amsterdamdan Kuala-Lumpurga parvoz qilgan Malayziyaga qarashli samolyot Ukraina sharqida halokatga uchragandi. Havo kemasi bortida bo‘lgan 298 kishining barchasi vafot etgan. Yo‘lovchilarning aksariyati niderlandiyalik bo‘lgan.

Birlashgan tekshiruv guruhi 2018-yil 24-mayda e’lon qilgan yangi hisobotda layner Rossiya havo hujumiga qarshi mudofaasining 53-zenit raketa brigadasiga tegishli “Buk” tomonidan urib tushirilgani aytilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-06-2019, 11:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 95) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют