» » Sudanda namoyishchilarni tarqatish vaqtida ularning 35 dan ortig‘i halok bo‘ldi

Sudanda namoyishchilarni tarqatish vaqtida ularning 35 dan ortig‘i halok bo‘ldi


Sudan poytaxti Xartumda chodir lagerini tarqatish vaqtida 35 nafardan ortiq kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “Korrespondent.net”ning yozishicha, yuzlab odamlar jarohatlangan, ko‘plab odamlar o‘qdan yaralangan.

Xartum markazida maxsus kuchlarga 3-iyun kuni Sudan armiyasi shtab kvartirasi va Mudofaa vazirligi binosi oldidagi namoyishchilarni tarqatish topshirilgan.

Harbiylar tarqatish vaqtida namoyishchilarga qarshi kuch ishlatilganini inkor etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, aprel oyida Sudanda harbiy to‘ntarish sodir bo‘lib, mamlakat prezidenti Umar al-Bashir hibsga olingan edi. To‘ntarishdan so‘ng mamlakatda fuqarolik hokimiyatini tuzishni talab qilgan ommaviy noroziliklar davom etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-06-2019, 13:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 98) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют