» » Livan maxsus kuchlari Tripolidagi jandarmlarga hujum qilgan terrorchini yo‘q qildi

Livan maxsus kuchlari Tripolidagi jandarmlarga hujum qilgan terrorchini yo‘q qildi


Armiya maxsus kuchlari otryadi 4-iyunga o‘tar kechasi Tripoli shahridagi jandarmlarga hujum qilgan terrorchini yo‘q qildi. Bu haqda “TASS” xabar berdi.

Qayd etilishicha, IShID terrorchilik guruhiga aloqador Abdul Rahmon Mabsut ismli jangari bir qator qurolli hujumlarni amalga oshirgan. Xususan, jandarmlar patruliga granata otgan, oqibatda soqchilardan biri halok bo‘lgan, qolgan ikki nafari yaralangan. Shuningdek, Livan banki va shahardagi harbiy blokpostga ham hujum uyushtirgan. Terrorchilar bilan otishmada bir nafar askar halok bo‘lib, to‘rt nafar tinch aholi vakillari yaralangan.

Armiya maxsus kuchlari otryadi avval hujumchi yashiringan uyni o‘rab olgan. Terrorchi qo‘lida asirga olinganlar yo‘qligiga ishonch hosil qilingach, maxsus operatsiya o‘tkazilib, terrorchi yo‘q qilingan.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-06-2019, 15:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 86) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют