» » Shavkat Mirziyoyev va Rajab Toyyib Erdogon qardosh xalqlarni Ramazon hayiti bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev va Rajab Toyyib Erdogon qardosh xalqlarni Ramazon hayiti bilan tabrikladi


Shavkat Mirziyoyev 4-iyun kuni Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdogon bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Suhbat avvalida Prezidentlar qutlug Ramazon hayiti munosabati bilan bir-birlari va qardosh xalqlarni qizgin muborakbod etib, ezgu tilaklarini izhor qildi.

Davlat rahbarlari mamlakatlar ortasida dostlik, ozaro ishonch va strategik sheriklik ruhidagi aloqalar barcha sohalarda, jumladan, siyosiy, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik yonalishlarida jadal rivojlanib borayotganini alohida etirof etdi.

Joriy yilning dastlabki tort oyida ozaro savdo aylanmasi hajmi 30 foizga osgani, qoshma korxonalar soni oxirgi bir yarim yil davomida 2 barobarga kopaygani mamnuniyat bilan takidlandi.

Bundan tashqari, yetakchi turk kompaniyalari bilan bir qator yirik sanoat va infratuzilma loyihalari boyicha birgalikda faol ishlar olib borilmoqda. Madaniy-gumanitar almashinuv kengaymoqda, sogliqni saqlash va talim sohasida qoshma dasturlar amalga oshirilmoqda.

Suhbat chogida Ozbekiston va Turkiya prezidentlari raisligida oliy darajadagi ozbek-turk strategik hamkorlik kengashi ilk yigilishiga puxta tayyorgarlik korish muhimligi qayd etildi.

Shu maqsadda tomonlar yaqin istiqbolda tashqi ishlar vazirlari boshchiligidagi guruhlar uchrashuvi hamda hukumatlararo qoshma komissiyaning navbatdagi yigilishini otkazishga kelishib oldi.

Dostona va samimiy tarzda kechgan suhbat davomida xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik boshqa dolzarb masalalar ham muhokama qilindi.



Manba: Daryo.uz
: admin (4-06-2019, 16:59)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 4) ( 0) ( 3) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -