» » Koloradolik o‘qituvchi kasal bolaning hayotini saqlab qolish uchun uni asrab oldi

Koloradolik o‘qituvchi kasal bolaning hayotini saqlab qolish uchun uni asrab oldi


Kolorado shtatida Dinn Lanning ismli matematika o‘qituvchisi 13 yoshli bemor bolani asrab oldi, deb xabar beradi Forum Daily.

O‘qituvchining aytishicha, u 2018-yilning avgustida, o‘quv yili boshlanganidayoq bolakay o‘ziga xos ekanligini payqagan. “U juda odobli tarbiyalangan va nihoyatda aqlli”, — deydi Lanning.

Bolakay o‘z hayoti davomida ko‘plab muammolarga duch kelgan. 8 yoshida uning buyraklari ishdan chiqqan.

O‘tgan yillar davomida bolakay ko‘plab oilalarda yashagan va buyrak transplantatsiyasiga muhtoj bo‘lgan. Organ ko‘chirib o‘tkazilishi lozim bo‘lgan bemorlar ro‘yxatiga kirish uchun doimiy yashash joyiga ega bo‘lish kerak. Demien har safar bir oiladan boshqasiga o‘tganida ro‘yxatda pastlab boravergan.

O‘quv semestrining oxirida Demien Lanningning oldiga kelib, endi darsga kela olmasligini ma’lum qilgan. Demien qarindoshi uni bolalar uyiga qaytarib jo‘nayotganini, shu sababli yana transplantatsiyaga muhtojlar qatoridan tushib ketayotganini bildirgan.

Bolakay uy sharoitida har kuni 12 soatlab dializ apparatiga ulangan holda o‘tirishi va diyetaga qattiq rioya qilishi lozim bo‘lgan.

Dekabr oyida Lanning Demienga qarashni boshlaydi. Mart oyida esa Demienga buyrak ko‘chirib o‘tkazilgan va hozirda u maxsus diyetaga rioya qilgan holda o‘zini tiklamoqda.

Kelajakda o‘qituvchi bolakayni asrab olishni orzu qilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-06-2019, 14:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 106) ( 0) ( 105) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют