» » Toshkentda Xitoy bilan hamkorlikda smart universitet faoliyati yo‘lga qo‘yilmoqda

Toshkentda Xitoy bilan hamkorlikda smart universitet faoliyati yo‘lga qo‘yilmoqda


Xitoyning O‘zbekistondagi elchisi Szyan Yan Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutiga keldi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Elchi innovatsiya va ilmiy tadqiqotlar klasterida xitoylik talaba va magistrlar bilan suhbatlashdi. Institutning keng qamrovli ta’lim va ilmiy faoliyatini yuqori baholadi.

Institutning 5 nafar talabasi Xoxay universitetida ta’lim olmoqda. Tez orada Xitoyning Nankin universiteti bilan hamkorlikda qo‘shma magistratura dasturlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, O‘zbekistonda birinchilardan bo‘lib, smart (aqlli) universitet faoliyati yo‘lga qo‘yilmoqda. Smart universitetda talabalar aqlli qurilmalar orqali nazorat qilinadi, interaktiv doskalar orqali ta’lim beriladi.

Elchi xonim institut qoshidagi International House akademik litseyining smart auditoriyalarini ham borib ko‘rdi. Mamlakatlar o‘rtasida ta’lim sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish takliflari bilan o‘rtoqlashdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-06-2019, 22:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют