» » UzReport bevaqt vafot etgan 20 yoshli sobiq xodimi xotirasiga atab ta’lim granti ta’sis qildi

UzReport bevaqt vafot etgan 20 yoshli sobiq xodimi xotirasiga atab ta’lim granti ta’sis qildi


“UzReport” axborot agentligi (UZREPORT TV) bevaqt o‘lim sabab talaba bo‘lishdek orzusiga yetisha olmagan sobiq xodimi Akbarxon Abdazxo‘jayev nomidagi ta’lim grantini ta’sis etdi.

Grant oliy ta’lim muassasalarining iqtidorli, intiluvchan, a’lo baholarga o‘qiyotgan (yoki yuqori ball bilan o‘qishga endi kirgan), jamoat ishlarida faol, tengqurlari orasida o‘zining namunali hulqi bilan ajralib turadigan talabalarni moddiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida ta’sis etildi.

Grant qiymati bakalavriat bo‘yicha bir ta’lim kursi uchun to‘lanadigan mablag‘ qiymatiga teng. Agentlik bir yilda turli OTMning ikki nafar talabasi uchun grant ajratadi. Nomzodlar tanlov asosida saralab olinadi.

Tanlov bir necha bosqichda o‘tkaziladi:

- ariza va hujjatlarni topshirish – 4-iyundan 10-avgustgacha;

- komissiya tomonidan arizalarni ko‘rib chiqish va tanlov – 1-avgustdan 15-avgustgacha;

- nomzodlar bilan suhbat – 10-avgustdan 25-avgustgacha.

Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:

- O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lishi (yoki yashash huquqiga ega bo‘lishi);

- bakalavriatning kunduzgi bo‘limida o‘qishi (1, 2, 3 va 4-kurs);

- darslarni o‘zlashtirishi yaxshi yoki a’lo bo‘lishi (o‘rtacha reytingi 100 ballik ko‘rsatkich bo‘yicha 80 balldan kam bo‘lmasligi), darslarni qoldirmasligi va intizomli bo‘lishi;

- sudlanmagan yoki ma’muriy javobgarlikka tortilmagan bo‘lishi;

- “UzReport” AA xodimlari (farzandi, ota-onasi, akasi yoki ukasi, opasi yoki singlisi, jiyani, shuningdek turmush o‘rtog‘ining oila a’zolari) bilan qarindoshlik aloqalari bo‘lmasligi kerak.

Ta’lim granti uchun komissiyaga topshiriladigan hujjatlar:

- ariza (motivatsion xat shaklida yoziladi);

- avtobiografik varag‘i (yaqin qarindoshlari va ularning ish faoliyatiga oid ma’lumotlar keltirilishi kerak);

- ta’lim olayotgan yoki o‘qishga kirgan OTM haqida ma’lumot (fakulteti, ixtisosligi, natijalari, ilmiy izlanishlari (agar bo‘lsa), OTMning jamoat va madaniy hayotidagi faolligi.

To‘lov vaqtida amalga oshirilishi uchun grantni qo‘lga kiritgan talabalar 5-sentyabrga qadar OTM bilan tuzilgan shartnomani agentlikka taqdim etishlari kerak.

Akbarxon Abdazxo‘jayev nomidagi ta’lim granti talabaga faqat bir yil beriladi. “UzReport” AA o‘z oldiga katta maqsadlarni qo‘ygan barcha talabalarni tanlovda ishtirok etishga taklif qiladi.

Tanlovga ariza va hujjatlarni grant@uzreport.news elektron pochtasiga yuborish mumkin.

Ma’lumot uchun tel: (71) 236-00-55

Eslatib o‘tamiz, 11-mart kuni UzReport telekanalining videomontajchisi Akbarxo‘ja Abdazxo‘jayev 20 yoshida vafot etgani haqida xabar bergan edik.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-06-2019, 20:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 96) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют