» » Qozog‘istonning suvsiz cho‘lida kutilmaganda ko‘l paydo bo‘ldi (video)

Qozog‘istonning suvsiz cho‘lida kutilmaganda ko‘l paydo bo‘ldi (video)


Qozog‘istonning Atirau viloyatida joylashgan Makat tumanida kutilmaganda ko‘l paydo bo‘ldi. Bu gidrogeologlarning tumanning yer osti qatlamlarida neft va gazdan tashqari toza suv zahirasi mavjud degan taxminini tasdiqlaydi, deb xabar berdi “KNews.kg”.

Mutaxassislar fikricha, paydo bo‘lganiga bir necha kun bo‘lgan ko‘lda besh ming metr kub suv yig‘ilgan. Suv havzasiga yovvoyi o‘rdak va g‘oz kabi qush va jonzotlar uchib kelmoqda.

“Suv yuzasi qayerdan boshlanayotganini aniqlash kerak. Balki bu tashlandiq gidrologik quduq yoki buloqdir. Ekologlar suvning tarkibini aniqlashi lozim. Suv toza bo‘lgani bilan, uning kimoyoviy tarkibi noma’lum. Necha foiz tuz bor tarkibida, og‘ir yoki boshqa metallar yo‘qmi”, — deydi Ural-Kaspiy basseynlari inspeksiyasi mutaxassisi Lazzat Kalmaganberov.

Suv osti manbasining paydo bo‘lishi viloyatning ushbu tumani va unga yaqin hududlarning rivojlanishicha, markaziy suv ta’minoti tizimiga ega bo‘lmagan 21 ta aholi punktining chorvachilik va dehqonchilik bilan keng shug‘ullanishiga yordam bergan bo‘lardi. Butun hududga har kuni 20 ming metr kub suv kerak bo‘ladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-06-2019, 09:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 100) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют