» » OzbekistonQirgiziston parlamentlararo komissiyasi hamkorlik boyicha ikkinchi majlisni otkazdi

OzbekistonQirgiziston parlamentlararo komissiyasi hamkorlik boyicha ikkinchi majlisni otkazdi


Qirgizistonning Osh shahrida Ozbekiston Oliy Majlisi va Qirgiziston Jogorku Kengeshi ortasida hamkorlik boyicha parlamentlararo komissiyaning ikkinchi majlisi bolib otdi. Bu haqda Oliy Majlis Senati matbuot xizmati malum qildi.

Unda parlamentlararo komissiya azolari, Ozbekiston va Qirgizistonning chegaradosh Andijon, Fargona, Namangan viloyatlari hokimlari, Osh, Jalolobod, Botken oblastlari gubernatorlari (Qirgiziston hukumatining vakolatli vakillari), tashqi ishlar vazirliklari, har ikki davlatning elchilari ishtirok etgan.

Yigilishda ikki qoshni davlat ortasida savdo-iqtisodiy, investitsiya va madaniy-gumanitar yonalishlaridagi hamkorlikni mustahkamlash va yanada yuqori bosqichga kotarish, parlamentlararo komissiya imkoniyatlaridan samarali foydalanish yuzasidan fikr almashilgan.

Ozbekiston va Qirgiziston ortasida savdo-sotiq hajmi joriy yilning otgan davrida uch barobarga ortdi. Ayniqsa, turizm, madaniyat, ilm-fan va boshqa qator yonalishlardagi hamkorlik kolami tobora kengayib bormoqda. Bu, albatta, ikki xalqning dostligi, qoshnichilik munosabatlarini mustahkamlashga, turmush farovonligining yuksalishiga xizmat qilmoqda, degan Oliy Majlis Senati raisining orinbosari Sodiq Safoyev.

Qirgiziston Jogorku Kengeshi agrar siyosat, suv resurslari, ekologiya va hududiy rivojlanish qomitasi raisi orinbosari Almazbek Akmatov esa ayni kunda Qirgiziston va Ozbekiston ortasida chegara hududlarini belgilash masalasi boyicha 85 foiz kelishuvga erishilganini malum qilgan. Bu borada nafaqat parlamentlararo, balki, hukumatlararo komissiya ham ish olib bormoqda. Yaqin vaqt ichida aniqlik kiritilishi zarur bolgan chegara hududlar boyicha ham bir toxtamga kelinadi, deb takidlagan.

Parlamentlararo komissiyaning ikkinchi majlisida belgilangan barcha masalalar muhokama qilinib, kelgusidagi muhim vazifalar, hamkorlikda amalga oshiriladigan ishlar belgilab olingan.



Manba: Daryo.uz
: admin (7-06-2019, 11:14)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 23) ( 0) ( 22) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -