» » Yevro—2020 yo‘lida. Turkiya Fransiyani mag‘lub etdi, Rossiya esa 9 ta gol urib yutdi (video)

Yevro—2020 yo‘lida. Turkiya Fransiyani mag‘lub etdi, Rossiya esa 9 ta gol urib yutdi (video)


Futbol bo‘yicha Yevro—2020 saralash bosqichi doirasida 8-iyun, shanba kuni guruhlarda 3-tur o‘yinlari davom ettirildi.

Xususan, JCh—2018 finalchisi Xorvatiya terma jamoasi “E” guruhida Uels bilan bahs olib borib, 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.  Avvaliga Lourens 17-daqiqa o‘z darvozasini ishg‘ol qilib, Xorvatiyaga yordam berib yuborgan bo‘lsa, 48-daqiqada esa Ivan Perishich hisobni 2:0 ko‘rinishiga keltirdi. O‘yindagi so‘nggi gol zaxiradan maydonga tushgan Devid Bruks tomonidan kiritildi.

“C” guruhidan o‘rin olgan Germaniya terma jamoasi safarda Belarus termasiga qarshi bahs olib borib, Leroy Sane hamda Marko Royslarning bittadan kiritgan gollari evaziga g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Turning markaziy o‘yinlaridan biri “H” guruhida kechdi. Unda Turkiya terma jamoasi o‘z maydonida JCh—2018 chempioni Fransiyaga qarshi kurash olib bordi. Bellashuvda hisobni mezbonlar vakili Ayxon 30-daqiqada ochgan bo‘lsa, 40-daqiqaga kelib Jengiz Under Ugo Lyoris darvozasiga 2-golni kiritdi. Natijada fransuzlar turklar maydonidan quruq qo‘l bilan qaytadigan bo‘ldi.

Qo‘shni Qozog‘iston terma jamoasi esa Roberto Martines boshliq Belgiya termasi maydoniga safar qilib, 0:3 hisobida yutqazdi. Mezbonlar safidagi gollarga Dris Mertens, Kastan va Romelu Lukaku mualliflik qildi.

“I” guruhi vakili Rossiya terma jamoasi o‘z uyida San-Marinoni qabul qilib, 9:0 hisobida g‘alaba qozondi. Gollardan 4 tasiga Aleksandr Dzyuba mualliflik qildi.

Yevro—2020

Saralash bosqichi

3-tur o‘yinlari

“C” guruhi

Gollar: 1:0 – 25 Vasilev, 1:1 – 77 Majennis, 1:2 – 80 Majennis.

Gollar: 0:1 – 12 Sane, 0:2 – 62 Roys.

“E” guruhi

Gollar: 1:0 – 17, avtogol Lourens, 2:0 – 48 Perishich, 2:1 – 77 Bruks.

Gollar: 0:1 – 18 Orban, 0:2 – 53 Orban, 1:2 – 69 Madatov, 1:3 – 71 Xolman.

“H” guruhi

Gol: 1:0 – 22 Gudmundsson.

Gol: 1:0 – 8 Armash.

Gollar: 1:0 – 30 Ayxan, 2:0 – 40 Under.

“I” guruhi

Gollar: 1:0 – 25, avtogol Chevoli, 2:0 – 31, penalti Dzyuba, 3:0 – 36 Kudryashov, 4:0 – 41 Miranchuk, 5:0 – 73 Dzyuba, 6:0 – 76 Dzyuba, 7:0 – 77 Smolov, 8:0 – 83 Smolov, 9:0 – 88 Dzyuba.

Gollar: 1:0 – 11 Mertens, 2:0 – 14 Kastan, 3:0 – 50 Lukaku.

Gollar: 1:0 – 61 Robertson, 1:1 – 87 Kusulos, 2:1 – 89 Berk.

“J” guruhi

Gollar: 1:0 – 2 Kazaryan, 2:0 – 18 Karapetyan, 3:0 – 90 Barsegyan.

Gollar: 1:0 – 56 Pukki, 2:0 – 68 Pukki.

Gollar: 0:1 – 23 Barella, 0:2 – 30 InsinYe, 0:3 – 33 Bonuchchi.

Mavzuga doir: Yevro—2020 . Ukraina Serbiyaga javobsiz 5 ta, Ispaniya esa Farer orollariga atigi 4 ta gol urdi

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-06-2019, 07:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 113) ( 0) ( 111) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют