» » YuNESKOning “Maktabga eltuvchi eng qiyin yo‘llar” reytingida Qorako‘ldagi qishloqlar nechanchi o‘rinni egallardi?

YuNESKOning “Maktabga eltuvchi eng qiyin yo‘llar” reytingida Qorako‘ldagi qishloqlar nechanchi o‘rinni egallardi?


Yaqinda YuNESKO tomonidan “Maktabga eltuvchi eng qiyin yo‘llar” reytingi e’lon qilindi. Ro‘yxatda O‘zbekistonning viloyat, tumanlari ko‘rinmadi. Ammo ular Buxoro viloyatining Qorako‘l tumaniga tashrif buyurganida, aynan shu tuman qishloqlari ro‘yxatning boshidan o‘rin egallagan bo‘lar edi. Bu haqda O‘zA muxbiri Anora Sodiqova fikr yuritgan.

Qorako‘l tumanining 6 ta qishlog‘ida 29 yildirki, yo‘l ta’mirlanmaydi, 29 yildirki, qishloq tuman, viloyati tomonidan unutilgan. Axir bu qishloqlarda ham maktabga ilm olish istagida qatnovchi bolalar bor.

Kelajakka ishonib kelayotgan olti qishloq (Yangi turmush, Olimlar, Urganji, Mirxo‘ja, Lakki, Chig‘atoy) bolalari qishda tizzagacha loy kechib, issiq kunlarda tuproq va changga belanib, maktabga qatnaydi.

Mazkur olti qishloq aholisi taxminan 3 mingdan ortiq bo‘lib, ular shu abgor yo‘llarni har kuni kechib o‘tishga mahkum. Bu kabi qishloqlar O‘zbekistonning boshqa hududlarida ham topiladi.

O‘tgan yili qorako‘llik matematik yigit haqida maqola tayyorlash uchun Chig‘atoy qishlog‘iga borgan edik. Qishloq ko‘chalaridan borar ekanmiz, bu yo‘llarga na ot arava va na avtomobil dosh berolmasligiga guvoh bo‘ldik.

Qishloq aholisidan surishtirsak, yaqin 29 yil ichida qishloqlarning yo‘llari ta’mirlanmagan. Sovet davrida yotqizilgan asfalt ayanchli ahvolga kelib ulgurgan.

Biz avvaliga yo‘lni ekin ekish uchun shudgor qilingan dala maydoni deb o‘ylagan edik. Keyin bilsak, shu yo‘ldan avtomobilda o‘tishga majbur ekanmiz.

Qishloqlar xuddi odamlar tark etgan kimsasiz joylarga o‘xshardi. Biz-ku bir marotaba borganda “dod”, dedik, mashinaga rahmimiz keldi, tuproqdan ust-boshimiz chang bo‘ldi. Bu yerning aholisi-chi?

Ular shu ko‘yi indamay yashab kelishlari achinarli. Mahalliy aholining aytishicha, mana shu ko‘chalar, shu unutilgan qishloq bir qancha ziyoli mutasaddilarni yetishtirgan.

Qishloq ahli ularning nomini aytib g‘ururlandi. Ular esa o‘z qishlog‘iga qanday xayrli ishni amalga oshirib g‘ururlanishar ekan?

Qishloqqa borganimizga oradan salkam bir yil o‘tmay, Chig‘atoy qishlog‘i aholisidan biri bizga murojaat qildi. U biz bir marotaba yo‘l yurib “dod”, degan ko‘chalar hamon ta’mirlanmaganini aytib, shu masalani qayta ko‘tarishimizni iltimos qildi.

Biz Qorako‘l tumani yo‘llarini ta’mirlash uchun so‘nggi 10 yil ichida qachon mablag‘ ajratilgani bilan qiziqib, Buxoro viloyat Avtomobil yo‘llari hududiy boshqarmasiga qo‘ng‘iroq qildik.

Bizga javob qilgan Sherzod Egamovning aytishicha, mazkur tuman yo‘llarini kapital va joriy ta’mirdan chiqarish uchun har yili mablag‘ ajratilar ekan.

Afsuski, har yili ajratilayotgan mablag‘lar Qorako‘l tumanining biz yuqorida zikr qilgan qishloqlariga yetib borayotgani yo‘q. Qishloq bolalari esa guvoh bo‘lganimizdek, qishda tizzagacha loy kechib, bahor-kuzda chang yutib, kelajakka ishonib, maktabga umid bilan qatnamoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-06-2019, 16:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 71) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют