» » Samarqand viloyatida 2019-yilning dastlabki besh oyida 45 ming haydovchi tezlikni oshirib fotoradarlarga tushgan

Samarqand viloyatida 2019-yilning dastlabki besh oyida 45 ming haydovchi tezlikni oshirib fotoradarlarga tushgan


2019-yilning ilk 5 oyi davomida Samarqand viloyati IIB YHXB kompyuterlashtirilgan tizimi, ya’ni fotoradarlar orqali jami 45089 ta tezlikni belgilangan me’yordan oshirish yo‘l harakati qoidabuzarliklari aniqlandi. Bu haqda viloyat IIB YHXB matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Aniqlangan qoidabuzarliklarning 29441 tasi Samarqand viloyatida qayddan o‘tgan haydovchilarga tegishli bo‘lib chiqdi. Keyingi o‘rinlarda poytaxtda (3938) va Navoiy viloyatida (2722) istiqomat qiluvchi haydovchilar bormoqda.

Belgilangan jarimani o‘z muddatida, ya’ni 2 oy davomida to‘lamasdan transport vositasini boshqarib yurgan samarqandlik 5940 nafar haydovchi “Avtokon” qurilmasi orqali aniqlangan. Haydovchilardan belgilangan davr oralig‘ida 3 332 951 308 so‘m jarima undirilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-06-2019, 14:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 70) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют