» » O‘zbekistonliklar besh oyda tibbiy yordamga 4 milliondan ortiq murojaat qildi

O‘zbekistonliklar besh oyda tibbiy yordamga 4 milliondan ortiq murojaat qildi


Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tez tibbiy yordam xizmatini takomillashtirish chora-tadbirlariga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, tez tibbiy yordam xizmatining maxsus sanitar avtotransport parki qariyb 1500 ta yangi avtomashinalarni xarid qilish evaziga batamom yangilanib, ularning umumiy soni 2400 ga yetkazildi.

Natijada tizimning maxsus avtotransportga bo‘lgan talabi O‘zbekiston tarixida birinchi marta to‘liq hajmda qoplandi. Yangi xarid qilingan 231 ta zamonaviy reanimobil 4,1 million dollar miqdoridagi zarur asbob-uskunalar bilan to‘liq jihozlandi.

Tez tibbiy yordam xizmatini avtotransport bilan to‘liq ta’minlanishi brigadalarning chaqiriqlarga kechikishi holatlarini keskin kamaytirdi. Kechikish holatlarini yanada kamaytirish maqsadida mavjud 2400 dan ortiq brigadadan 1513 tasi uzoq hududlarda joylashgan aholi punktlariga yaqinlashtirildi.

Shuningdek, birgina o‘tgan yilda shoshilinch tibbiy yordam tizimi muassasalariga jami 13 milliondan ziyod bemorlar murojaat qilgani, shulardan 9,8 million nafarga yaqini “103” xizmati bo‘yicha va 3,3 millionga yaqini statsionar tuzilmalarga murojaat qilgani qayd etildi. 2019-yilning o‘tgan 5 oy mobaynida esa umumiy murojaatlar soni 4 milliondan ortiqni tashkil etib, 1,2 milliondan ortiq bemorga statsionar muassasalarda yordam ko‘rsatilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-06-2019, 18:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 93) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют