» » Rossiyaning “Alrosa” kompaniyasi xodimi 500 ta olmos o‘g‘irladi

Rossiyaning “Alrosa” kompaniyasi xodimi 500 ta olmos o‘g‘irladi


Rossiya Federal xavfsizlik xizmati xodimlari “Alrosa” kompaniyasidan yuzlab olmos va brilliantlarni o‘g‘irlagan bandani qo‘lgan oldi, deb yozadi Sputnik.

Xabarda aytilishiga qaraganda “Alrosa” kompaniyasi xodimi Yelena Kanunnikova ushbu qimmatbaho toshlarni kompaniya binosidan olib chiqib ketish vaqtida qo‘lga olingan.

Jinoiy guruhga uch kishi a’zo bo‘lgan. Uning sheriklari — Vladimir Tabidze va Vladimir Gordinskiylar  esa olmoslarni sotish bilan shug‘ullangan.

Qo‘lga olingan fuqarolar yonidan narxi 22 million rubl bo‘lgan olmoslar topilgan. Jinoyatchilarning uyidan esa 500 dan ortiq ishlov berilmagan olmoslar, 11 ta brilliant topilgan. Undan tashqari 2 million dollardan ortiq naqd pul borligi aniqlangan.

Eslatib o‘tamiz, “Alrosa” — Rossiyaning eng yirik qimmatbaho toshlar ishlab chiqaruvchi kompaniyasidir. “Alrosa” dunyodagi barcha olmoslarning 26 foizini qazib oladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-06-2019, 20:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 67) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют