» » “Yuksalish” umummilliy harakati Toshkent shahri va viloyatida doimiy propiska qilish tartibini turar joyi bo‘yicha hisobga olish tizimi bilan almashtirishni taklif qildi

“Yuksalish” umummilliy harakati Toshkent shahri va viloyatida doimiy propiska qilish tartibini turar joyi bo‘yicha hisobga olish tizimi bilan almashtirishni taklif qildi


Shu kunlarda ijtimoiy tarmoqlar hamda OAVlarda Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiskaga qo‘yish tartibi faol muhokama qilinib, keng jamoatchilikning turli fikr-mulohazalariga sabab bo‘lmoqda.

Jumladan, O‘zbekistonda propiska bo‘yicha o‘rnatilgan ushbu tartib fuqarolarning shaxsiy va mulkiy huquqlaridan to‘la-to‘kis foydalanishiga, urbanizatsiya jarayonlari, ijtimoiy rivojlanishga xalaqit berayotgani, xususan, istiqbolli yoshlar, malakali kadrlarning xorijda ishlash uchun mamlakatni tark etayotganliklari haqida ko‘plab fikrlar bildirilgan.

“Yuksalish” umummilliy harakati o‘ziga yuklatilgan vazifalardan kelib chiqqan holda (rejalashtirilgan islohotlar, shu jumladan davlat dasturlarida belgilangan chora-tadbirlarning amalga oshirilishining borishini tizimli monitoring qilish, uni sifatli va o‘z vaqtida bajarish uchun qo‘shimcha choralar ko‘rish) ushbu masala yuzasidan o‘z takliflari va o‘rganishlar natijalarini taqdim etdi.

Telegram tarmog‘idagi “Jamoatchilik fikri” sahifasida joriy yilning 3–11-iyun kunlari davomida jamoatchilik fikri so‘rovi o‘tkazildi. Unda 17 ming 700 nafardan ortiq fuqaro ishtirok etib, respondentlarning asosiy qismi, ya’ni 49 foizi ushbu tartib fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlariga mutlaqo zid ekanligini ta’kidladi.

Belgilangan chora-tadbirlar o‘z vaqtida va to‘laqonli amalga oshirilganida, bugungi kunga kelib fuqarolarning noroziligi va muhokamalariga sabab bo‘lmas edi. Aksincha, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlariga amal qilinishi O‘zbekistonning xalqaro maydondagi imijini yanada oshishiga, urbanizatsiya jarayonlariga, ijtimoiy rivojlanish, xususan, istiqbolli kadrlarning xorijga chiqib ketishining oldi olinishiga xizmat qilgan bo‘lar edi.

“Yuksalish” umummilliy harakati ushbu masala yuzasidan qo‘yidagi chora-tadbirlarni amalga oshirishni maqsadga muvofiq, deb hisoblaydi:

Toshkent shahri va viloyatida doimiy propiska qilish tartibini turar joyi bo‘yicha hisobga olish tizimi bilan almashtirish. Bunda hisobga olishni Davlat xizmatlari markazlari va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali soddalashtirilgan tartibda amalga oshirish;

Toshkent shahri va viloyatida doimiy propiskaga ega bo‘lmagan fuqarolarning ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarini e’tirof etishni nafaqat birlamchi bozor, balki ikkilamchi bozorda, shuningdek umrbod o‘zgaga berilganda yoki hadya qilinganda ham berish tartibini joriy qilish.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-06-2019, 12:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 57) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют