» » “Milliy bank” Marg‘ilon filialida mijozlarning kredit qarzdorligi omonatchilar mablag‘i hisobidan qoplangani ma’lum bo‘ldi

“Milliy bank” Marg‘ilon filialida mijozlarning kredit qarzdorligi omonatchilar mablag‘i hisobidan qoplangani ma’lum bo‘ldi


“Milliy bank” Marg‘ilon shahar filialida mijozlarning kredit qarzdorligi omonatchilarning mablag‘lari hisobidan qoplab kelayotganligi fosh etildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Filial boshqaruvchisi A. Madvaliyev va xodimlar Sh. Rahimov, E. Usmonova va I. Rahmatullayeva fuqarolar ishonib topshirgan mablag‘larni bankdan kredit olgan boshqa mijozlarning kreditdan bo‘lgan qarzdorliklarini qoplashga yo‘naltirib, ushbu mablag‘larni rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilgan.

Xususan, A.Kavlanovning 49 million so‘m mablag‘ini kassa mudiri Sh.Rahimov qabul qilib olib, unga soxta omonat daftarchasi va hisobvaraq rasmiylashtirgan, o‘ziga biriktirilgan dasturiy tizimiga qayd etmagan. Mijozga topshirgan pul mablag‘lari uning omonat hisob raqamiga kirim bo‘lganligini bildirib, topshirilgan pul mablag‘lari hisobidan har oyning belgilangan sanasida A.Kavlanovga omonat foizlarini o‘z hisobidan berib, bu haqda omonat daftarchasi va hisobvarag‘iga soxta yozuvlarni qayd etib kelgan. Mazkur filialning mijozlari bo‘lgan bir qator korxonalarning kredit to‘lovlari shu kabi ayrim omonatchilarning bankka topshirgan pul mablag‘lari hisobidan qoplab berilgan.

“O‘zmilliybank” bosh ofisi raisining farmoyishi asosida bankning Marg‘ilon filialida o‘tkazilgan xizmat tekshiruvida 5 ta holatda mijozlar hisob raqamiga jami 116 million 732 ming 500 so‘m kirim qilinmagani aniqlandi.

Bundan tashqari, “Milliybank” Marg‘ilon shahar filialining jismoniy shaxslarga chet el valyutasini sotish bo‘yicha konversion operatsiyalar bo‘limi boshlig‘i vazifasida ishlagan E.Usmanova, filialning ayirboshlash amaliyotlari sho‘’basi kassir-nazoratchisi vazifasida ishlagan I.Rahmatullayeva ham o‘zgalarning haqiga xiyonat qildi. Ular “Zolotaya korona” xalqaro pul o‘tkazmalari tizimi orqali 11 nafar shaxs nomiga kelgan chet el valyutasini mijozlar bankdan olib ketishganidan so‘ng ular nomidan ma’lumotlar kiritib, 3 ming 260 dollarni talon-taroj qilgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Marg‘ilon shahar sudi tomonidan mazkur jinoyat ishi ko‘rib chiqilib, ularga tegishli jazo tayinlandi. Jabrlanuvchilarga yetkazilgan moddiy zarar esa qoplandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-06-2019, 15:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 110) ( 0) ( 107) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют