» » Rossiyada joriy yil birinchi choragida 1 mlndan oshiq o‘zbekistonlik hisobga qo‘yildi

Rossiyada joriy yil birinchi choragida 1 mlndan oshiq o‘zbekistonlik hisobga qo‘yildi


2018-yilda 268,1 ming nafar xorijlik va fuqaroligi bo‘lmagan shaxs Rossiya fuqaroligini qabul qildi. Bu 2017-yilga nisbatan 4,5 foizga ko‘p. Bu haqda mamlakat Inson huquqlari bo‘yicha vakili Tatyana Moskalkova ma’lum qildi, deya xabar beradi Sputnik.

2018-yilda Rossiya fuqaroligini qabul qilganlarning katta qismini (95,3 foiz) MDH mamlakatlari fuqarolari tashkil etgan.

O‘tgan yili Tatyana Moskalkovaga fuqarolik masalalari bo‘yicha 652 ta murojaat kelib tushgan. Murojaatlarning aksariyati (92 foiz) yaqin xorij davlatlari, asosan, Ukraina (27,5), O‘zbekiston (10,8), Armaniston (8,6), Qozog‘iston (6,7) va Tojikiston (5,9 foiz) fuqarolaridan kelib tushgan.

Rossiya IIVga ko‘ra, joriy yil yanvar-mart oylarida 1 milliondan oshiq o‘zbekistonlik Rossiyada hisobga qo‘yilgan. Ulardan 530 mingi ishlash uchun kelganini ma’lum qilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-06-2019, 15:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 120) ( 0) ( 119) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют