» » Saudiyalik jurnalistlar Farg‘onaga keladi

Saudiyalik jurnalistlar Farg‘onaga keladi


Jurnalistlar ijodiy uyushmasi Farg‘ona viloyat bo‘limi Saudiya Arabistoni OAVlari bilan ham to‘g‘ridan–to‘g‘ri hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ydi.

Avval xabar berilganidek, ijodiy uyushma Farg‘ona viloyat bo‘limi tashabbuskorligi va tashkilotchiligida 11 nafar jurnalist Saudiya Arabistonida bo‘ldi. Dastlab Umra amallarini bajargan farg‘onalik jurnalistlar Jidda shahrida, O‘zbekistonning Saudiyadagi bosh konsulxonasida arab olamining taniqli jurnalistlari hamda gazetalari bosh muharrirlari bilan uchrashdi. O‘zaro tajriba almashuv va hamkorlik mavzusidagi muloqotlar chog‘ida hozirgi globallashuv sharoitida OAVning o‘rni, jurnalist shaxsi, xolislik mezonlari kabi muhim masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Jurnalistlar ijodiy uyushmasi Farg‘ona viloyat bo‘limi raisi Muhammadjon Obidov Saudiya OAVlari bilan axborot almashuv, ikki mamlakat gazetalari tahririyatlarida o‘zaro amaliyot o‘tashni tashkil qilish yuzasidan takliflar kiritdi.

— Ikki mamlakat xalqlarini bir-birlari haqidagi axborot bilan ta’minlashda muammo mavjud ekan, kelinglar, uning yechimi tomon birinchi qadamni qo‘yaylik. O‘zbekiston jurnalistlari ijodiy uyushmasi Farg‘ona viloyati bo‘limi 4 nafar saudiyalik gazeta, televideniye va internet jurnalistini bir haftaga O‘zbekistonga, Farg‘onaga taklif etadi. Bunda ularning O‘zbekistonda bo‘lish xarajatlarini zimmamizga olamiz. O‘zbekistonni o‘z ko‘zingiz bilan ko‘ring va qalban his eting. Shundan keyin bu ko‘hna diyor bilan xalqingizni tanishtiring. Kelgusida esa shunday shart va sharoitlarda farg‘onalik jurnalistlar Saudiyaga ham keladi, — dedi Muhammadjon Obidov.

Taklif ma’qullandi. O‘zbekistonning Jiddadagi bosh konsuli Sirojiddin Shamsutdinov tashkiliy ishlarda vositachilikni zimmasiga oldi.

Farg‘onalik jurnalistlar O‘zbekiston, jumladan, Farg‘ona viloyatidagi ziyoratgohlar, turizm makonlari, investitsiya kiritishga yaratilgan qulaylik va shart-sharoitlar haqida arab tiliga o‘girib olib kelgan maqola va fotolarini Saudiya OAVlarida e’lon qilish uchun topshirdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-06-2019, 20:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 91) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют