» » 11 nafar farg‘onalik jurnalist Ramazon hayiti arafasida Umra ziyoratini amalga oshirdi

11 nafar farg‘onalik jurnalist Ramazon hayiti arafasida Umra ziyoratini amalga oshirdi


Muborak ramazon hayiti arafasida 11 nafar farg‘onalik jurnalistlar ijodiy uyushma viloyat bo‘limi tashabbusi va tashkilotchiligida Saudiya Arabistonida, Madina va Makka shaharlarida Umra ziyoratini amalga oshirdi. Bu haqda “Xalq so‘zi Online” xabar berdi.

Qadr kechasini hamjihatlikda Ka’ba sahnida qarshilagan jurnalistlar Hayit namozini ham Harami Sharifda o‘qidi, deyiladi xabarda.

Shuningdek, safar chog‘i Jiddadagi O‘zbekiston bosh konsulxonasida farg‘onalik jurnalistlarni bosh konsul Sirojiddin Shamsutdinov rasman qabul qildi. Saudiyaning yirik gazetalari bosh muharrirlari bilan amaliy uchrashuv va ijodiy muloqotlar o‘tkazildi.

E’tiborli jihati, Saudiya Arabistoni podshohligi gazetalari O‘zbekiston jurnalistlari ijodiy uyushmasi Farg‘ona viloyati bo‘limi raisi Muhammadjon Obidov boshchiligidagi delegatsiya bilan Saudiya OAVlari bosh muharrirlarining uchrashuvini, undagi amaliy kelishuvlarni ham keng yoritib bordi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-06-2019, 11:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 70) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют