» » NATO bosh kotibi Rossiyaning Arktikadagi harbiy faolligi ortib borayotganini ma’lum qildi

NATO bosh kotibi Rossiyaning Arktikadagi harbiy faolligi ortib borayotganini ma’lum qildi


Rossiya Arktikadagi harbiy faolligini kuchaytirmoqda. Bu haqda NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg Islandiya bosh vaziri bilan o‘tkazilgan qo‘shma matbuot anjumanida ma’lum qilgan. “RBK”ning yozishicha, uchrashuvda tomonlar Uzoq Shimoldagi vaziyatni muhokama qilgan.

“Uzoq Shimolda keskinligimiz past darajada va u yerda harbiylar ishtiroki, ayniqsa rossiyalik harbiylar imkoniyatlari ortib boryayotganiga qaramay, bunday darajani saqlab qolish bo‘yicha ishlarni davom ettirishga harakat qilishimiz kerak. Asosiy maqsad doim shundan iborat bo‘lgan”, — degan NATO bosh kotibi.

Avvalroq Rossiya harbiylarining o‘z mudofaa salohiyatini oshirgani haqida AQShning Yevropadagi qo‘shinlari qo‘mondoni Kyortis Skaparrotti ma’lum qilgan edi. Shu sababli, uning ta’kidlashicha, ittifoqchilar qo‘shini hududdagi “rejalarini yangilagan”.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin bunday gap-so‘zlarga izoh berarkan, NATO aviatsiyasi Arktika va Boltiq dengizi ustida Rossiya harbiy havo kuchlariga nisbatan faolroq harakat olib borayotganini ta’kidlab o‘tgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-06-2019, 13:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 69) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют