» » Endi yuridik shaxslar ko‘chmas mulk bilan bog‘liq bitimlarni notarial tasdiqlashi majburiy bo‘lmaydi

Endi yuridik shaxslar ko‘chmas mulk bilan bog‘liq bitimlarni notarial tasdiqlashi majburiy bo‘lmaydi


Hukumat qarori bilan (478-son, 2019-yil 11-iyun) Hukumatning ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” Telegram-kanali xabar berdi.

Endilikda ko‘chmas mulkni oldi-sotdi, ayirboshlash va hadya qilish bo‘yicha bitimni notarial tasdiqlash uchun:

— ko‘chmas mulkning kadastr pasporti (ilgari ko‘chmas mulkka egalik huquqini tasdiqlovchi hujjat bilan birgalikda ko‘chmas mulkning kadastr yig‘majildi);

— agar ko‘chmas mulkning qurilishi tugallanmagan bo‘lsa – yer uchastkasiga hamda qurilishi tugallanmagan obyektga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarning davlat reyestridan ko‘chirma (ilgari mahalliy davlat hokimiyati organining qarori va yer uchastkasiga bo‘lgan huquqning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma) taqdim etiladi.

Shuningdek, kiritilgan qo‘shimchaga muvofiq yuridik shaxslarning ko‘chmas mulk bilan bog‘liq bitimlarni notarial tasdiqlash taraflarning o‘z xohishiga ko‘ra amalga oshiriladi hamda majburiy tusga ega emas.

Qurilishi (rekonstruksiyasi) tugallangan bino va inshootlarni foydalanishga qabul qilish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga quyidagicha o‘zgartirish kiritildi.

Ya’ni, endilikda qurilish organi hamda vakolatli tashkilotlar tomonidan kelishilgan dalolatnoma kelib tushishi bilan bir kunlik muddatda davlat kadastr korxonasi filiali ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi hamda QR-kodli dalolatnoma va kadastrdan ko‘chirmani Davlat xizmatlari markaziga yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali yuboradi.

Davlat xizmatlari markazi ularni ariza beruvchiga bir soat ichida qog‘oz yoki elektron ko‘rinishda yetkazishi shart. Bunda QR-kodli elektron hujjatlar asli bilan bir xil kuchga ega (ilgari ariza beruvchiga faqatgina dalolatnomani qog‘oz yoki elektron ko‘rinishda taqdim etish belgilangan bo‘lib, elektron shakldagi hujjatlarni QR-kodlash nazarda tutilmagan edi).



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-06-2019, 21:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 89) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют