» » Kanada elchisi: Ikki tomonlama aloqalarni yanada rivojlantirish tarafdorimiz

Kanada elchisi: Ikki tomonlama aloqalarni yanada rivojlantirish tarafdorimiz


O‘zbekiston va Kanada o‘rtasida diplomatik aloqalar o‘rnatilganining 25 yilligi arafasida ushbu davlatning O‘zbekistondagi (qarorgohi Moskva shahrida joylashgan) Favqulodda va muxtor elchisi Jon Ronald Kyor ikki tomonlama hamkorlikning hozirgi holati va istiqbollari haqidagi mulohazalari bilan bo‘lishdi, deb yozadi “Jahon” axborot agentigi.

Mazkur muhim sana munosabati bilan yurtingizga kelib, bu yerda suhbatlashish imkoniga ega bo‘lganimdan xursandman. Kanada va O‘zbekiston o‘tgan yillar davomida turli sohalarni samarali rivojlantirish uchun jiddiy faoliyat olib bordi.

Bugun ikki mamlakat aloqalarida yangi sahifa ochilmoqda — oldimizda navbatdagi chorak asr turibdi. Ishonamanki, birgalikdagi intilishlarimiz orqali biz do‘stlik va hamkorlikni chuqurlashtirish va kengaytirishni davom ettiramiz, munosabatlarimiz tarixining yangi sahifalarini yozamiz.

Mavjud salohiyatni amalga oshirishga qodir bo’lgan samarali savdo-iqtisodiy aloqalar o‘rnatildi. Shuningdek, diplomatik munosabatlarimiz o‘rnatilganining 25 yilligi arafasida UzMining Expo-2017 tadbirida qatnashish uchun Toshkentga Kanadaning ko‘p sonli vakillardan iborat guruhi o‘zbekistonlik sheriklari bilan ikki tomonlama munosabatlarni kengaytirish maqsadida yetib kelgani quvonarlidir. Bu hamkorligimiz tarixidagi Kanada biznes hamjamiyatining eng katta delegatsiyasi ekanini alohida ta’kidlamoqchiman. Mazkur guruh tog‘-kon sanoatiga ixtisoslashgan 18 ta kompaniya vakillaridan iborat.

Biz qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sanoati sohasidagi hamkorlikni mustahkamlashga alohida e’tibor qaratib kelganmiz va bundan keyin ham shunday bo‘ladi. Bugungi kunda qurilish tarmog‘idagi texnologiyalar va uslublar bilan bog‘liq barcha yo‘nalishlarda birgalikdagi faoliyatni yo‘lga qo‘yishni mo‘ljallamoqdamiz.

So‘zim yakunida ikkala mamlakatning 25 yil davomida birgalikdagi faoliyati hamkorlikni muvaffaqiyatli davom ettirishning mustahkam poydevorini yaratganini qayd etmoqchiman. Bizning hamkorligimiz ko‘plab sohalarni qamrab olmoqda va yildan yilga ko‘lami kengayib bormoqda. Quvonarlisi, boshlagan ishlarimiz amalga oshirilmoqda va biz kelgusida ham ikki tomonlama aloqalarni rivojlantirish tarafdorimiz.

Fursatdan foydalanib, bahorning go‘zal Navro‘z bayrami arafasida O‘zbekiston xalqiga o‘zimning eng ezgu tilaklarimni yo‘llayman. Barchaga mustahkam sog‘lik, baxt, tinchlik, farovonlik hamda Kanada va O‘zbekiston o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarning davom etishini tilayman.

Jon Ronald Kyor, elchi

Опубликовано: admin (22-03-2017, 10:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 93) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют