» » Qarshida 50 ming dollarni noqonuniy sotayotgan valyutafurushlar qo‘lga olindi

Qarshida 50 ming dollarni noqonuniy sotayotgan valyutafurushlar qo‘lga olindi


Davlat xavfsizlik xizmati Qashqadaryo viloyati boshqarmasi va Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning viloyat boshqarmasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida, xorij valyutasining noqonuniy savdosi bilan shug‘ullanuvchi fuqaro qo‘lga olindi, deb xabar beradi O‘zA.

Qarshi shahrida tug‘ilgan Azamat Norov 21 400 AQSh dollarini 8550 so‘mdan hisoblab, 182 million 970 ming so‘mga sotayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Aniqlanishicha, Norov ushbu valyutaning 1400 AQSh dollarini o‘zining tanishi Eldor Bekqulovdan olgan.

So‘ngra tezkor tadbir davom ettirilib, Bekqulovning Gentra rusumli avtomashinasi ko‘zdan kechirilganda, uning salonida 28 ming 600 AQSh dollari va 8 million 14 ming so‘m borligi aniqlangan.

Norov va Bekqulovdan jami 50 ming AQSh dollari va 8 million 14 ming so‘m pul ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olingan.

Hozirda O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddasiga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-06-2019, 09:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 57) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют