» » O‘zbekiston auksion savdolarida boshlang‘ich narxi 1 so‘mga teng 14 ta davlat mulki obyekti sotildi

O‘zbekiston auksion savdolarida boshlang‘ich narxi 1 so‘mga teng 14 ta davlat mulki obyekti sotildi


10?14-iyun kunlari “E-ijro auksion” elektron onlayn-auksion savdolarida boshlang‘ich narxi 1 so‘mga teng qiymatdagi 14 ta bo‘sh turgan davlat mulki obyektlari, 134 ta yer uchastkasiga bo‘lgan huquq va sud hujjatlarini ijro etish bo‘yicha 58 ta obyekt sotildi. Bu haqda Spot xabar berdi.

Boshlang‘ich narxi 1 so‘m qilib belgilangan bo‘sh turgan 14 ta davlat mulki obyekti 6 milliard 300 million so‘m investitsiya kiritish, 142 ta yangi ish o‘rinlarini yaratish sharti bilan 1 117 million so‘mga sotildi. Bundan tashqari ushbu haftada respublika bo‘yicha 27 ta obyekt sotuvga chiqarildi.

Yer resurslari bo‘yicha elektron onlayn-auksionlarda ushbu haftada jami 134 ta yer uchastkasiga bo‘lgan huquq 122 milliard 498 million investitsiya kiritish va 790 dan ortiq yangi ish o‘rinlarini yaratish sharti bilan 2 milliard 568,67 million so‘mga sotildi. Hafta davomida 106 ta yer uchastkasiga bo‘lgan huquq elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarildi.

Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda mol-mulkni realizatsiya qilish bo‘yicha bo‘lib o‘tgan elektron onlayn-auksionlarda ushbu hafta jami 58 ta obyekt 6 milliard 643,3 million so‘mga sotildi. Hafta davomida 91 ta obyekt elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarildi.

Yagona elektron savdo maydonchasida daryo o‘zanlarini tozalashga bo‘lgan huquq realizatsiyasini amalga oshirish maqsadida 70 ta obyekt savdoga chiqarilgan. Ushbu obyektlarning 3 tasi 892,9 million so‘mlik boshlang‘ich narx bilan joriy haftada savdoga chiqarildi.

Hafta davomida jami 11 ta boshlang‘ich narxi 82,5 million so‘mlik oltin qazib olish bo‘yicha uchastkalar 91,12 million so‘mga sotildi. Shuningdek, 9 ta boshlang‘ich narxi 67,5 million so‘mlik qimmatbaho metallarni qazib olish huquqi elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-06-2019, 18:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют