» » Shtaynmayer Germaniya prezidenti sifatidagi birinchi nutqida Erdo‘g‘onga murojaat qildi

Shtaynmayer Germaniya prezidenti sifatidagi birinchi nutqida Erdo‘g‘onga murojaat qildi


Frank Valter Shtaynmayer Germaniyaning yangi prezidenti sifatida qasamyod qildi va birinchi nutqida Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘onga murojat qildi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.

Shtaynmayerning ta’kidlashicha, Erdo‘g‘on Yevropa davlatlari rahbarlarini natsistlarga qiyoslab, diplomatik aloqalar hamda Turkiya so‘nggi yillarda erishgan barcha yutuqlarni tavakkalchilik ostiga qo‘ymoqda.

“Prezident Erdo‘g‘on, siz boshqa insonlar yordamida qurgan barcha narsalaringiz bilan tavakkal qilmoqdasiz”, — dedi Germaniya prezidenti.

Shuningdek, Shtaynmayer Turkiya yetakchisini qonun va matbuot erkinligini hurmat qilgan holda, hibsdagi nemis jurnalisti Deniz Yudjelni ozod qilishga chaqirdi.

“Natsislarga nisbatan jirkanch taqqosni bas qiling!”, — deya ta’kidaladi Shtaynmayer.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (22-03-2017, 21:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 21) ( 0) ( 21) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют