» » Buxoro tibbiyot institutiga “super kontrakt” bilan o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan shaxs ushlandi

Buxoro tibbiyot institutiga “super kontrakt” bilan o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan shaxs ushlandi


Buxoro tibbiyot institutiga “super kontrakt” bilan o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan shaxs ushlandi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar bermoqda.

Buxoro tumani Losha MFYda yashovchi, fermer xo‘jaligi ishchisi G.T. 2018-yil dekabr oyidan 2019-yil yanvar oyiga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida jinoiy sherigi Buxoro shahar Piridastgir ko‘chasida yashovchi, yakka tartibda ishlovchi, 1979-yilda tug‘ilgan fuqaro M.K. bilan o‘zaro jinoiy til biriktirib, Jondor tumani Mirzayon MFYda yashovchi, 1971-yilda tug‘ilgan O.R. bilan tanishib, uni bir necha yillardan buyon Buxoro tibbiyot institutiga davlat imtihonlarini topshirib o‘qishga kira olmayotgan qizi D.R.ni Buxoro tibbiyot institutiga qo‘shimcha shartnoma (super kontrakt) asosida o‘qishga kiritishni aytib, O.R.ning ishonchiga kirib, undan shartnoma pullarini to‘lov qilib, to‘lov kvitansiyalarini keltirib berishni va’da qilgan holda, turli vaqtlarda jami 68 060 000 so‘mni tashkil qilgan 8200 AQSh dollari miqdoridagi naqd pullarini aldov yo‘li bilan qo‘lga kiritib, ushbu pullarni D.R.ni o‘qishga kirishi uchun shartnoma pullari sifatida biror bir joyga to‘lov qilmasdan, jinoiy sherigi M.K bilan o‘zining shaxsiy manfaatlari yo‘lida ishlatib, firibgarlik jinoyatini sodir qilgan.

Mazkur holat yuzasidan ushbu fuqarolarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi (Firibgarlik) 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-06-2019, 18:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 96) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют