» » Toshkentda uchta xonadonda yirik yong‘in sodir bo‘ldi

Toshkentda uchta xonadonda yirik yong‘in sodir bo‘ldi


25-iyun kuni soat 19:39 da Toshkent shahri Olmazor tumani Sag‘bon ko‘chasida joylashgan uchta xonadon tomi yonib ketdi, deb xabar berdi UZ24.

Yong‘inning umumiy maydoni 150 kvadrat metrni tashkil etdi.

“O‘t o‘chirish xizmati hodisa joyiga 19:45 da yetib borgan. Olib borilgan chora-tadbirlar natijasida 20:18 da yong‘in o‘chirilgan”, — deyiladi xabarda.

Yong‘inni o‘chirishga 7 ta texnika birligi jalb qilingan. O‘t o‘chiruvchilar uchta uyning 310 kvadrat metr maydonini asrab qolishdi.

Yong‘in sabablari va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-06-2019, 10:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 30) ( 0) ( 28) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют