» » PSJ Neymarni faqat bitta shart bilan “Barselona”ga qo‘yib yuboradi

PSJ Neymarni faqat bitta shart bilan “Barselona”ga qo‘yib yuboradi


“Barselona” PSJ bilan Neymar transferi borasida to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralar olib bordi.

Xabar berishilicha, ikkala tomon ham shartnoma shartlari bo‘yicha kelishuvga erishgan. PSJ Filippe Koutinyo hamda 100 million yevrolik variantni rad etdi. Klub Usmon Dembeleni o‘z safiga qo‘shib olishni mo‘ljallamoqda.

Parij klubi bosh murabbiyi Tomas Tuxel avvalroq Dembele bilan Dortmundning “Borussiya” klubida birga ishlagandi. U futbolchini juda qadrlaydi va uni jamoada ko‘rishni istayapti.

Dastlab “Barselona” Dembeleni sotishni istamayotgandi, biroq klub rahbariyati bu taklifga rozi ekanligini hamda ushbu variantni ko‘rib chiqishini bildirdi.

Dembelening o‘zi ham Parij klubiga o‘tishga qarshi emas.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-06-2019, 17:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 61) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют